Xiaomi Mi 10S taqdim etildi va allaqachon DxOMark reytingida yetakchiga aylandi!

  •   DiMaX
  •  1198
  •  09.03.2021 10:03

Xiaomi Mi 10S taqdim etildi va allaqachon DxOMark reytingida yetakchiga aylandi!

«Xitoycha Apple» allaqachon Mi 11 flagmanini ham namoyish etib, besh daqiqada 350 mingta sotib, global versiyasini ham taqdim etib ulgurgan. Lekin uning savdosi boshlanganidan keyin ham bundan oldingi – Mi 10 turkumida 300 dollardan arzon 5G-smartfon – Xiaomi Mi 10i modelini chiqarga edi.

O‘QING: Eng zo‘r Android-flagmanlar reytingiga Redmi K40 hamda K40 Pro ham kirdi, Mi 11 esa yana pastladi! (AnTuTu, 2021 yil fevral)

Endi bo‘lsa Xiaomi bulturgi flagmanlar oilasiga mansub yana bitta – Mi 10S smartfonini rasman namoyish qildi. Yangi model standart Mi 10 flagmanining yaxshilangan versiyasi bo‘lsa-da, orqa panelining dizayni bo‘yicha Xiaomi Mi 10 Ultra yubiley superflagmaniga ko‘proq o‘xshaydi.

Xiaomi Mi 10S smartfonining oddiy Mi 10 modelidan texnik jihatdan farqlariga kelsak, avvalo, unda Snapdragon 865 o‘rniga Snapdragon 870 protsessori qo‘llangan. Shu tariqa, u mazkur chipset asosidagi ikkinchi (Redmi K40 flagmanidan keyin) telefon bo‘ldi.

Ikkinchi farqi – yangi flagmanda Harman Kardon stereodinamiklari qo‘llangan. Uchinchisi esa – unda 30 emas, balki 33 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi qo‘llangan, ammo bunday zaryadchik qadoq tarkibiga kirmagan.

O‘QING: TOP-10: Narxini eng sekin yo‘qotadigan smartfonlar (2020 yil reytingi)

Nufuzli DxOMark laboratoriyasi allaqachon Xiaomi Mi 10S modelining audio imkoniyatlarini test qilib ko‘rdi va u 80 ball bilan birdaniga birinchi o‘ringa chiqib oldi!

Aytish kerakkki, DxOMark audioreytingida Xiaomi Mi 10 Pro modeli bir yil taxtni bo‘shatmay kelayotgan edi va yaqindaniga Asus ROG Phone 5 uni ikkinchi o‘ringa tushirgan edi. O‘yinbop smartfonning liderligi ko‘pga bormadi – Xiaomi tezda yangi modeli bilan birinchi o‘rinni qaytarib oldi.

Xiaomi Mi 10S faqat mahalliy bozorga mo‘ljallangan, deyishmoqda va u 10 martdan sotuvga chiqadi. Kompaniya yangi smartfonining narxini hozircha ma’lum qilmayapti, lekin u standart Mi 10 darajasida yoki hatto undan arzonroq ham bo‘lishi mumkin.

O‘QING: TOP-10: Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu global reytingi, 2021 yil fevral)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!