Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro taqdim etilmay turib do‘konga chiqdi: narx va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  11022
  •  12.09.2020 10:06

Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro taqdim etilmay turib do‘konga chiqdi: narx va xususiyatlari

«Xitoycha Apple» allaqachon Xiaomi Mi 10T, Mi 10T Lite hamda Mi 10T Pro smartfonlarini ham tayyorlagan va biz bulardan eng zo‘rining «jonli» suratlarini e’lon qilganmiz. Shuningdek, bular orasidan 300 yevrodan ham arzon bittasi shu oyning o‘zidayoq chiqishini kompaniyaning o‘zi aytgan.

O‘QING: Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

Keyingi kunlarda internetda Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro smartfonlari haqida ayrim ma’lumotlar va ularning sifatli rasmlari ko‘p tarqalmoqda. Ularga ko‘ra, bu ikki qurilma bir xil dizaynda bo‘lib, korpusning o‘ng qirrasidagi o‘yiqni ko‘ramiz – bu yerga daktiloskop joylanganligi ehtimoli yuqori:

Barmoq izi sensorini yon qirraga o‘tkazish esa smartfonning ekranida birmuncha arzon matritsa qo‘llashga imkon beradi. Shunga qaramasdan, ularda tasvir sifati pasaymaydi – standart Xiaomi Mi 10T ham, uning Pro-versiyasi ham kadr yangilanish chastotasi 144 gerslik displey bilan ta’minlanadi.

O‘QING: Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

Xiaomi bu ikki smartfonni tez orada taqdim etishidan dalolat beruvchi navbatdagi xabar: ular allaqachon Ispaniyadagi Amazon saytida paydo bo‘ldi! Unga ishonadigan bo‘lsak, kompaniya Xiaomi Mi 10T uchun Yevropa bozorida 547 yevro miqdorida narx belgilayapti. Mi 10T Pro esa bu qit’a mamlakatlarida 640 dan to 675 yevrogacha bo‘lgan narxlarda sotiladi.

Hozircha tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 10T Pro smartfoni 5G-modemli Qualcomm Snapdragon 865 protsessori bazasida ishlaydi. Kompaniya uni 8 gigabaytlik tezkor xotira hamda 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan ham ta’minlamoqda.

Standart Xiaomi Mi 10T modelida kvadrokameraning asosiy datchigi 64 megapiksellik, Pro-versiyada esa 108 megapiksellik bo‘lishini aytishmoqda.

O‘QING: Atigi 150 dollarlik Redmi Note 10 bilan Redmi Note 10 Pro’ning asosiy farqi nimada?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!