Xiaomi Mi 10T Lite ham fosh etildi: 4720 mAh batareya va NFC chipli 5G-smartfon!

  •   DiMaX
  •  978
  •  21.09.2020 14:55

Xiaomi Mi 10T Lite ham fosh etildi: 4720 mAh batareya va NFC chipli 5G-smartfon!

«Xitoycha Apple» allaqachon Xiaomi Mi 10T, Mi 10T Lite hamda Mi 10T Pro smartfonlarini ham tayyorlagan va biz bulardan eng zo‘rining «jonli» suratlarini e’lon qilganmiz. Shuningdek, bular orasidan 300 yevrodan ham arzon bittasi shu oyning o‘zidayoq chiqishini kompaniyaning o‘zi aytgan. Shuningdek...

O‘QING: Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro taqdim etilmay turib do‘konga chiqdi: narx va xususiyatlari

Endi esa yangi turkumning uchinchi va eng arzon vakili – Xiaomi Mi 10T Lite modelining ham ayrim xususiyatlari ma’lum bo‘ldi. Aniqrog‘i – AQShning Aloqa federal komissiyasi (Federal Communications Commission, FCC) ma’lumotlar bazasida Xiaomi kompaniyasining M2007J17G kodli nomi ostidagi yangi mahsuloti sertifikatlandi.

Taniqli insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) ta’kidlashicha, bu gadjet bozorga Mi 10T Lite nomi ostida taqdim etiladi.

FCC hujjatlariga ko‘ra, bu telefon MIUI 12 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi. Bundan tashqari, u 4720 mA/soatlik batareya, 5G-protsessor hamda NFC-modulga ham ega. Afsuski, Xiaomi Mi 10T Lite haqida hozircha shulardan boshqa biror ma’lumot yo‘q.

Kompaniya bu smartfonini joriy oyning oxirida, Xiaomi Mi 10T hamda Xiaomi Mi 10T Pro bilan birga taqdim etsa kerak.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari hali MIUI 12’ga yangilanib ulgurmasidan, MIUI 13 skrinshotlari tarqaldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!