Xiaomi Mi 10T Lite 5G'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishing

Xiaomi Mi 10T Lite 5G'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishing

O‘tgan yilgi Mi 9T lineykasining Lite versiyasi chiqmagan edi, lekin bu yilgi 10T oilasi Lite talqinga ega bo‘ldi. Aytish mumkinki, Mi 10T Lite o‘tgan yilgi Mi 9T smartfonning davomchisidir, chunki har ikki qurilma o‘rta toifaga mos texnik jihatlarga ega.

...

Qahramonimizning e’tiborga molik jihati shundaki, u 5G tarmog‘ida ishlay oladi. Ekrani hajmi esa Mi 10T lineykasining boshqa vakillariniki bilan bir xil — 6.67 dyuym. Bu yilgi 10T modellari o‘rtasidagi yagona tafovut old kamera joylashuvi va ekranning yangilanish chastotasida ko‘rinadi. Lite'da 144Hz emas, balki 120Hz chastotali ekran bor, selfi kamera tirqishi esa tepadan markazda joylashgan.

Xiaomi Mi 10T Lite 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 165.4x76.8x9.0 mm, 215 g; shishadan ishlangan old panel (Gorilla Glass 5), shishadan ishlangan orqa panel (Gorilla Glass 5), plastik rom.

> Displey: 6.67" IPS LCD, 120Hz, HDR10, 450 nit, 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 395 piksel/dyuym zichlik

> Chipset: Qualcomm SM7225 Snapdragon 750G 5G (8 nm): sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Kryo 570 & 6x1.8 GHz Kryo 570); Adreno 619.

> Xotira: 6GB/64GB UFS 2.1 xotira turi, 6GB/128GB UFS 2.2 xotira turi; microSDXC (gibrid slot).

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 10, MIUI 12.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 64 MP, f/1.9, 26 mm, 1/1.73", 0.8µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 120˚, 1/4.0", 1.12 µm; •Makro: 2 MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4; qo‘sh-LED chirog‘i.

> Old kamera: 16 MP, f/2.5, 25 mm (keng), 1/3.06“ 1.0µm.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60/120/240 kadr/sek., 720p@960 kadr/sek.; giro-EIS; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek., 720p@120 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4820 mAs; 33 Vt tezkor quvvatlash.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda), infraqizil blasteri, NFC, giroskop, magnometr, old va orqa tomonga o‘rnatilgan atrof yorug‘ligi datchiklari, ultratovush yaqinlik datchigi, FM radio.

Qurilma orqa tomondan Mi 10T oilasi vakillaridan tubdan farq qiladi. Biroq boshqa Xiaomi smartfonlari bilan taqqoslaganda, dizaynni yangicha dizayn deb bo‘lmaydi. Kamera modulining joylashuvi va ko‘rinishi Poco X3'niki bilan bir xil. Boshqa jihatlar, jumladan, kameralarning texnik xususiyatlari, akkumulyator sig‘imi, tezkor quvvatlanish va stereo karnaylar qolgan Mi 10T smartfonlaridagi bilan bir xil.

Eng katta farq smartfon protsessorida, sababi smartfonning eng muhim jihati ham mana shu. Qurilmaga Qualcomm'ning yangi Snapdragon 750 5G chipseti o‘rnatilgan. Ushbu protsessor Snapdragon 730G'ning davomchisi bo‘lib, oshirilgan umumiy unumdorlik va bir qator foydali funksiyalarga ega; Snapdragon 865G'dan quyi pog‘onada tursa-da, 5G imkoniyatiga ega.

Barcha texnik va dasturiy imkoniyatlarini inobatga olsak, narxi 330 dollardan boshlanuvchi Mi 10T Lite 5G smartfoni anchayin manfaatli taklifdir.

Qadoq tarkibi

Foto: GSMArena

Qahramonimiz qadog‘ida noodatiy biror narsa yo‘q. Odatiy qo‘llanmalar, 33 Vt lik tezkor quvvatlagich adapter, USB-A-to-USB-C kabeli hamda shaffof silikon g‘ilofini qadoq ichidan topasiz.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Ultra'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishing

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!