Xiaomi Mi 11 allaqachon Geekbench’da sinab ko‘rildi va u Snapdragon 875 sirlarini ham fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  1764
  •  07.11.2020 10:52

Xiaomi Mi 11 allaqachon Geekbench’da sinab ko‘rildi va u Snapdragon 875 sirlarini ham fosh etdi!

Kuni kech biz «Xitoycha Apple» o‘zining Xiaomi Mi 10 Pro hamda chiqarilgan Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition (global bozorga Xiaomi Mi 10 Ultra) flagmanlarining savdosini tugatayotgani haqida yozgandik. Bu ikkita ommabop smartfonning ishlab chiqarishdan olinishiga sababchi esa Xiaomi Mi 11 modelining taqdimotiga oz vaqt qolganidir.

O‘QING: Xiaomi misli ko‘rilmagan smartfon kamerasini namoyish etdi (+video)

Yangi flagman allaqachon tayyor bo‘libdi v hatto uni Geekebench servisida tekshirib ko‘rishga ham ulgurishibdi. Benchmark ma’lumotlariga ko‘ra, Xiaomi Mi 11 flagmani Android 11 operatsion tizimi hamda 6 gigabaytlik tezkor xotira bilan ta’minlangan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, M2012K11C model raqami ostida tekshirilgan Xiaomi Mi 11 imtihonda yakka yadroli sinovda 1105 ball, barcha yadrolarini ishlatganda esa 3512 ball to‘plagan.

O‘QING: Benchmarkda bu yangi smartfon Xiaomi’ning eng zo‘r superflagmanini ham tor-mor etdi!

Mazkur flagmanning Geekbench’dagi natijalari aks etgan sahifa kodini «kavlashtirib» ko‘rgan dasturchilar uning kodli nomi haydn bo‘lgan Snapdragon 875 protsessori bazasida ishlashiga uzil-kesil aniqlik kiritishdi.

Sahifa kodidagi yozuvlardan chipsetning ayrim xususiyatlarini ham aniqlab olishgan. Jumladan, unda quyidagicha tarkibiy qismlar eslab o‘tilgan:

  • to‘rtta Cortex-A55 yadrosi – 1,8 GGs chastotali
  • uchta Cortex-A78 yadrosi – 2,42 GGs chastotali
  • bitta Cortex-X1 yadrosi – 2,84 GGs chastotali
  • Adreno 660 grafik tezlatgichi.

Demak, tez orada – Snapdragon 875 chipseti taqdimoti kunida Xiaomi Mi 11 flagmanini ham ko‘rsak kerak. Lekin yana bir jihati borki...

O‘QING: Redmi K40 qaysi jihati bilan Xiaomi Mi 11’dan ham ilgarilab ketyapti?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!