Xiaomi Mi 11 Pro flagmanining birinchi «jonli» surati chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1211
  •  26.01.2021 11:29

Xiaomi Mi 11 Pro flagmanining birinchi «jonli» surati chiqdi!

Dunyo bo‘yicha Snapdragon 888 chipsetli ilk smartfon – Xiaomi Mi 11 o‘tgan yilning oxirida taqdim etilgan va AnTuTu benchmarkining so‘nggi reytingida g‘oliblikka erishgan. Kompaniya uning Mi 11 Pro talqinini hozircha namoyish qilmadi, ammo ushbu model tayyorlanayotgani haqida yetarlicha dalillar mavjud. Shu bilan birga...

O‘QING: Xiaomi’ning «yengillashtirilgan» flagmani – Mi 11 Lite xususiyatlari va narxi

Xiaomi Mi 11 Pro modelining turli render suratlari tarqalmoqda, biz uning Xiaomi Mi 11’dan asosiy farqi haqida ham yozganmiz. Endi esa ushbu kutilayotgan flagmanning birinchi «jonli» rasmi ham internetga chiqdi.

Weibo tarmog‘ida e’lon qilingan mazkur surat o‘ta xira (balki kishilarning qiziqishini ushlab turish uchun ataylab shunday qilishgandir). Lekin unda modullari umuman o‘zgacha joylashgan bosh kamera blogi yaxshi ko‘rinib turibdi.

Digital Chat Station bergan ma’lumotga ko‘ra, gorizontal blokdagi to‘rtta sensordan biri periskop kamera bo‘lib, naq 120 karralik optik zumga ega. Uning asosiy moduli sifatida esa hali rasman taqdim etilmagan, 50 megapiksellik Sony IMX782 sensori qo‘llanadi.

Xiaomi Mi 11 Pro smartfonining diagonaliga 6,81 dyuymlik ekrani har to‘rt tomonidan qayrilgan. Displey tasvir aniqligi 2K formatida (3200x1440 piksellik) bo‘lsa, kadr yangilanish chastotasi 120 gerslik.

O‘QING: Xiaomi eng zo‘r va qimmat flagmanini tayyorladi, lekin bu Mi 11 ham, Mi 11 Pro ham emas!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!