Xiaomi Mi 11 Pro flagmanining Xiaomi Mi 11’dan asosiy farqi nimada?

  •   DiMaX
  •  1926
  •  24.12.2020 10:55

Xiaomi Mi 11 Pro flagmanining Xiaomi Mi 11’dan asosiy farqi nimada?

Kuni kecha «Xitoycha Apple» Xiaomi Mi 11 hamda Mi 11 Pro modelining, yana 108 MP kamerali eng arzon smartfonning taqdimot kunlarini rasman aytgan edi. Yangi flagmanlar turkumiga yana Mi 11 Pro Plus modeli ham kiradi, deyishyapti, lekin bunisi hozircha aniq emas.

O‘QING: Xiaomi eng zo‘r va qimmat flagmanini tayyorladi, lekin bu Mi 11 ham, Mi 11 Pro ham emas!

Biz oldin Xiaomi Mi 11 smartfonining birinchi «jonli» rasmlarini, keyinroq esa Mi 11 Pro versiyasining suratini e’lon qilganmiz. Ular tashqi ko‘rinishi jihatidan o‘zaro jiddiy farq qiladi.

Lekin bu ikki model o‘rtasidagi farq faqatgina kamera dizaynida emas, deb yozmoqda TrendForce. Insayderlik ma’lumotlariga ko‘ra, ularning o‘zaro ajratuvchi asosiy xususiyatlardan biri old kameraga tegishli. Aniqroq qilib aytganda, Xiaomi Mi 11 Pro versiyasida kompaniya selfi uchun o‘zining uchinchi avlod ekranosti kamerasini qo‘llamoqda!

Esingizda bo‘lsa, yaqinda biz Xiaomi Mi 11 flagmanining ishlayotgan holida «jonli» suratini e’lon qilgan edik. So‘ng esa o‘sha rasm ham feyk ekanligi, ya’ni, bu smartfonda oddiy old kamera ishlatilayotgani aniqlangan. Kim biladi – endi o‘shanda ko‘rsatilgan «yashirin kamera»li qurilma standart flagman emas, balki Xiaomi Mi 11 Pro talqini bo‘lib chiqar?

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi bir necha oy avval ekranosti kamera qo‘llanuvchi smartfonini «jonli» videoda ko‘rsatgan edi. Kompaniyaning o‘zi taqdim etgan reklama videosidan tashqari, keyinchalik xitoylik bir texnobloger shu texnologiyaga ega smartfonni o‘zi «jonli» tarzda, marketing bezaklarisiz videoga olib e’lon qilgan. Uning qo‘lida «Xitoycha Apple»ning yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra modelining maxsus versiyasini ko‘ramiz.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, standart talqindagi Xiaomi Mi 11 taqdimotdan bir-ikki hafta o‘tiboq ochiq savdoga chiqadi, uning Pro-versiyasini xohlovchilar esa bir oy kutishlariga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Xiaomi Mi 11 sotuvga chiqdi: barcha variantlarining narxlari bilan tanishing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.