Xiaomi Mi 11 Pro haqida navbatdagi ma’lumot oshkor bo‘ldi

Xiaomi Mi 11 Pro haqida navbatdagi ma’lumot oshkor bo‘ldi

Xiaomi birinchilardan bo‘lib Snapdragon 875 chipsetida ishlovchi smartfonlar — Mi 11 va Mi 11 Pro'larni taqdim etishi haqida xabar bergan edik. Insayderlardan birining ma’lum qilishicha, Mi 11 Pro smartfoni juda o‘zgacha ekranga ega bo‘ladi.

Aytilishicha, Mi 11 Pro'ga ishlab chiqaruvchi QHD+ rezolyutsiyali, 120Hz yangilanish chastotasiga ega ekran o‘rnatmoqchi.

Mi 11 Pro'ning yangi ekrani Mi 10 Pro'dagi 1080p rezolyutsiya va 90Hz yangilanish chastotasili ekranga qaraganda anchayin katta apgreyd bo‘ladi. Insayderning yana aytishicha, selfi kamera o‘rni o‘zgarmasdan ekranning chap burchagida qoladi, butun panel biroz qayrilgan chetlarga ega bo‘ladi. Orqa kameralar borasida katta o‘zgarish kuzatilmaydi.

Xiaomi Mi 10 Pro 5G

Qualcomm o‘zining yangi Snapdragon 875 chipini taqdim qilishiga hali bir oy bor. Shuning uchun, Mi 11 Pro'ning boshqa texnik jihatlari borasida taxmin qilishga hozircha erta. Biroq yangi smartfonda 120 Vt tezkor quvvatlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, ajablanmagan bo‘lardik.

Xitoylik smartfonsoz 4,000 mAs akkumulyatorni 0 dan 100% ga atigi 19 daqiqada quvvatlovchi 80 Vt simsiz tezkor quvvatlagich gadjetni ham ko‘rsatgan va hozir uning ustida ishlamoqda. Kelasi yili fevral-mart oylarida keyingi avlod Xiaomi flagmanlari bilan birga ushbu zaryadchikni ham kutib qolamiz.

O‘QING: Xiaomi Mi 11 hamda Mi 11 Pro: birinchi «jonli» surati va chiqish vaqti!