Xiaomi Mi 11 Pro ilk suratda: dizayni Xiaomi Mi 11’dan mutlaqo farqli!

  •   DiMaX
  •  3046
  •  07.12.2020 09:58

Xiaomi Mi 11 Pro ilk suratda: dizayni Xiaomi Mi 11’dan mutlaqo farqli!

Qualcomm kompaniyasi kutilayotganidek Snapdragon 875 emas, balki Snapdragon 888 5G deb nomlangan flagman chipsetini kuni kecha taqdim etdi. Uning bazasidagi ilk smartfonni esa Xiaomi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) aytgan. Shuningdek...

O‘QING: Va nihoyat, Xiaomi Mi 11’ni ilk «jonli» rasmlarda ko‘ramiz!

Kompaniyaning navbatdagi flagmanlar turkumiga, standart Xiaomi Mi 11’dan tashqari yanada ilg‘or Xiaomi Mi 11 Pro modeli ham kirishi kutilmoqda. Xitoydagi manbalar esa uning silikon g‘ilofda aks etgan birinchi rasmini e’lon qilishdi.

Agar bu suratga ishonadigan bo‘lsak, u holda Xiaomi Mi 11 Pro kamerasi umuman o‘zgacha dizaynda ishlangan. Uning to‘rtta datchigi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi blokka o‘rnatilgan, lekin blokning o‘zi shu kabi smartfonlardagiga nisbatan 90 darajaga burilgan:

Bosh kameraning sensorlaridan biri kvadrat shaklda ekanligi unda optik zum uchun periskop modul qo‘llanganidan dalolat bermoqda. Kutilishicha, Xiaomi Mi 11 Pro ekranida tasvir aniqligi QHD+ formatida bo‘lib, displeyda kadr yangilanish chastotasi 120 gersgacha boradi.

Ushbu smartfon 120 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ham ega bo‘lishini aytishmoqda. Xiaomi yangi flagmanlarini shu oyning o‘zidayoq rasman namoyish etishi kerak.

O‘QING: 31 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga allaqachon MIUI 12 tarqatilmoqda!