Xiaomi Mi 11 qachondan global bozorda sotuvga chiqishi aniq bo‘ldi

Xiaomi Mi 11 qachondan global bozorda sotuvga chiqishi aniq bo‘ldi

Dekabrda Xitoy bozori uchun va keyinchalik global bozorga taqdim qilingan Xiaomi Mi 11 smartfoni kelasi hafta birinchi bosqichda Osiyo bozorlarida sotila boshlaydi.

Xiaomi'ning Singapur, Malayziya, Filippin, Tailand va Vetnamdagi ofislarining Facebook'da ma’lum qilishicha, ilk savdolar 25 fevral sanasidan boshlanadi. Har bir davlatdagi ofisning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida onlayn konferensiya bo‘lib o‘tadi va muxlislar buni tomosha qilishlari mumkin.

Siz esa sotuvlar boshlangunga qadar smartfonning texnik jihatlari bilan tanishishingiz, ichki tuzilmalarini ko‘rishingiz va qurilma haqidagi barcha xabarlar indeksini saytimizdan topishingiz mumkin.

O‘QING: Galaxy S21’lar hamda Mi 11 kushandasining taqdimot kuni ma’lum bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!