Xiaomi Mi 11 smartfoni qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi Mi 11 smartfoni qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi'ning navbatdagi Mi 11 flagmani haqida oxirgi bir necha haftada turli ma’lumotlar sizdirib kelinmoqda. Mana, smartfon qachon taqdim qilinishi ham ma’lum bo‘ldi.

Qurilma dekabr yoki yanvar oyida namoyish qilinishi aytilgan edi. Endi ayon bo‘lishicha, xitoylik kompaniya flagman smartfonini 29-dekabr kuni taqdim qilishni rejalashtirmoqda.

Bu bilan Xiaomi Snapdragon 888 chipsetida ishlovchi ilk smartfonni ishlab chiqargan kompaniyaga aylanadi. Biroq 29-dekabr sanasida Mi 11 smartfoni faqat Xitoy bozorida taqdim qilinadimi yoki global bozordami — bunisi noma’lum.

Hozirgacha bizga ma’lum bo‘lgan jihatlar shuki, Mi 11 seriyasi modellari QHD+ 120Hz ekranga ega bo‘ladi. Mi 11 Pro modeli 50MP asosiy va 12MP telefoto moduli bilan jihozlanadi.

Akkumulyator 5,000 mAs sig‘imli bo‘lib, 55 Vt da tezkor quvvatlanadi. Ekran hoshiyalari esa ingichkaroq bo‘ladi.

Mi 11 Pro'ning «jonli» suratlarini saytimizda e’lon qilganmiz, shuningdek, qurilma «Mi 11» emas, balki boshqa nom bilan atalishi mumkinligi xabarini berganmiz. Taqdimotga qadar yuqoridagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

O‘QING: Geekbench servisida kutilmagan Xiaomi Mi 10i qo‘lga tushdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!