Xiaomi Mi 11 sotuvga chiqdi: barcha variantlarining narxlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  55893
  •  23.12.2020 12:54

Xiaomi Mi 11 sotuvga chiqdi: barcha variantlarining narxlari bilan tanishing!

«Xitoycha Apple» kuni kecha Xiaomi Mi 11 hamda Mi 11 Pro modelining, yana 108 MP kamerali eng arzon smartfonning taqdimot kunlarini rasman aytgan edi. Shundan keyinoq Xitoyning eng yirik internet-do‘koni – JD.com platformasida flagmanlar uchun oldindan buyurtma olina boshlagan.

O‘QING: Xiaomi eng zo‘r va qimmat flagmanini tayyorladi, lekin bu Mi 11 ham, Mi 11 Pro ham emas!

Onlayn do‘konda bu flagmanlarga avvaldan buyurtma berib qo‘yish mumkin, biroq ularning narxlarini aniq aytishmagan. Lekin insayderlar bu ma’lumotni qo‘lga kiritib, internetga chiqarishgan.

Unga ko‘ra, standart flagmanning Xitoydagi narxlari quyidagicha:

  • Xiaomi Mi 11 (8/128 GB) – 690 dollar;
  • Xiaomi Mi 11 (8/256 GB) – 735 dollar;
  • Xiaomi Mi 11 (12/256 GB) – 800 dollar.

Yana bir bor ta’kidlaymiz: bu ma’lumot norasmiy bo‘lishi bilan birga, unda Xitoydagi narxlar ko‘rsatilgan. Global bozorda esa ushbu smartfon bundan qimmatroq bo‘lishi, Xiaomi Mi 11 Pro narxi esa yanada yuqori bo‘lishi tabiiy.

Eslatib o‘tamiz: Galaxy S21, Galaxy S21 Plus hamda S21 Ultra flagmanlarining Yevropadagi narxlari ma’lum bo‘lgan. Samsung kompaniyasi bulturgi modellar – tegishlicha Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra smartfonlaridan arzonroq sotmoqchi.

O‘QING: Xiaomi ishqibozlari uchun ikkita noxush xabar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!