Xiaomi Mi 11 Ultra'ning global savdolari boshlanmoqda

Xiaomi Mi 11 Ultra'ning global savdolari boshlanmoqda

Xiaomi Mi 11 Ultra smartfoni global bozorga chiqishi haqida kompaniya o‘tgan hafta ma’lum qilgandi. Qurilmaga bo‘lgan oldindan buyurtmalar bugundan boshlab Malayziyada qabul qilinadi.

O‘QING: ZTE bu flagmani bilan Xiaomi Mi 11 Ultra’ning «burnini yerga ishqalamoqchi»!

12/256GB xotiraga ega smartfonning narxi 1,040 AQSh dollaridan boshlanadi.

Oldindan buyurtma berganlar smartfon bilan birgalikda tekin futbolka va kalitlar uchun zanjirga ega bo‘lishadi. Devaysni Malayziyadagi ro‘yxatdan o‘tgan Mi do‘konlaridan hamda Lazada va Shopee singari yirik onlayn riteylerlardan buyurtma qilish mumkin.

Ayni damda, Xiaomi o‘zining Mi 11 Ultra smartfoni korpusini ochib ko‘rsatdi. Videodan 67 Vt da quvvat oluvchi 5,000 mAs akkumulyatorni, NFC katushkasi va uchta kamera datchigini ko‘rish mumkin.

Smartfon ichki qismlarini sovitib turuvchi bug‘ kamerasi AMOLED ekranning tepa qismiga o‘rnatilgan bo‘lsa, pastda barmoq izi skaneri joylashgani ko‘rinadi.

O‘QING: Aprelda ham Redmi'dan yangi smartfon kutavering

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.