Xiaomi Mi 11'ning texnik jihatlari bilan tanishamiz

Xiaomi Mi 11'ning texnik jihatlari bilan tanishamiz

Xiaomi Mi 11 2020-yilning uzoq kutilgan yakunidan uch kun oldin taqdim qilingandi. Yangi yilga sovg‘a bo‘lgan Mi 11 yangi avlod flagmanlari qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib berdi.

O‘QING: Samsung Galaxy S21'ning texnik jihatlari bilan tanishamiz

Smartfonning global debyuti Xitoydagi premyeradan bir necha haftadan so‘ng bo‘lib o‘tdi, smartfon va nihoyat sotuvga chiqdi. Xiaomi Mi 11 Snapdragon 888 chipida ishlaydigan smartfonlar orasida ilk taqdim qilingani bilangina ajralib turmaydi. Qurilmaning maqtashga arzirli jihatlari talaygina.

Mi 11'da o‘tgan yilgi Mi 10'ga qaraganda qator sezilarli yangilanishlar amalga oshirilgan. Devays 1440p rezolyutsiya va 120Hz yangilanish chastotasiga ega 6.81" AMOLED ekran bilan jihozlangan. Panel HDR10+ formatini qo‘llab-quvvatlaydi. Displeyning maksimal yorqinligi 1500 nitga teng. Yana bir quvonarli yangilik 10-bitli ranglar qo‘llab-quvvatlanishi bo‘lib, bu bilan Mi 11 bir milliard ranglarni aks ettira oladi.

Mi 11 oldingi avlod Mi 10 qurilmasi bilan deyarli bir xil kameralarga ega. Lekin Xiaomi video funksiyalarni yangilagan va endilikda siz flagman yordamida xuddi Gollivud filmlaridagi kabi effektlarni hosil qila olasiz. 108MP asosiy, 13MP ultrakeng, 20MP selfi kameralar o‘tgan yilgi bilan bir xil bo‘lsa, makro kamera rezolyutsiyasi endilikda 5MPni tashkil qiladi, ushbu kamera, shuningdek, avtofokus va 48 mm makro ob’yektivga ega.

Smartfon akkumulyatori borasida ham o‘zgarishlar mavjud. Mi 11 akkumulyator sig‘imi o‘tgan yilgiga qaraganda biroz kichikroq (4,600 mAs vs 4,760 mAs). Batareya ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, uni bir vaqtning o‘zida 55 Vt simli va 50 Vt simsiz quvvatlash mumkin. Xiaomi xaridorlarga 55 Vt GaN zaryadchigini tekinga bermoqda.

Mi 11'ning stereo karnay tizimi ham yangilangan bo‘lib, dinamiklar Harman/Kardon tomonidan sozlangan. Smartfon rasman chang va suvdan himoyaning IP darajasiga ega bo‘lmasa ham, karnaylar suvdan himoyalangan.

Keling, endi flagmanning texnik jihatlariga e’tibor qaratamiz.

Xiaomi Mi 11'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 164.3x74.6x8.1 mm, 194 g; shishadan ishlangan old panel (Gorilla Glass Victus), shishadan (Gorilla Glass 5) yoki ekologik toza charmdan ishlangan orqa panel, alyuminiy rom.

> Displey: 6.81" AMOLED, 1 mlrd rang, 120Hz, HDR10+, 1500 nit (maks.), 1440x3200p rezolyutsiya, 20:9 tomonlar nisbati, 515 piksel/dyuym zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 (5 nm): sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Adreno 660.

> Xotira: 128GB 8GB RAM, 256GB 8GB RAM, 256GB 12GB RAM; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 108 MP, f/1.9, 26 mm, 1/1.33", 0.8 µm, PDAF, OIS; •Ultrakeng kamera: 13 MP, f/2.4, 123˚, 1/3.06", 1.12 µm; •Makro: 5 MP, f/2.4, 1/5.0", 1.12 µm.

> Old kamera: 20 MP, f/2.2, 27 mm (asosiy), 1/3.4", 0.8 µm.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 8K@24/30 kadr/sek., 4K@30/60 kadr/sek., 1080p@30/60/120/240 kadr/sek., giro-EIS, HDR10+; •Old kamera: 1080p@30/60 kadr/sek., 720p@120 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4600 mAs; 55 Vt tezkor quvvatlash, 45 daq 100% (reklamaga ko‘ra), 50 Vt da simsiz tezkor quvvatlash, 53 daq 100% (reklamaga ko‘ra), 10 Vt da simsiz teskari quvvatlash, Power Delivery 3.0, Quick Charge 4+.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik), NFC, infraqizil port.

Mi 11 premium materiallardan ishlangan. Smartfonning old tomoniga Gorilla Glass Victus, orqa tomoniga esa Gorilla Glass 5 shishasi o‘rnatilgan bo‘lib, ikkala panel ham qayrilgan. Alyuminiydan ishlangan rom ham qo‘lga xush yoqadi. Agar xohlasangiz, orqa panelning ekologik toza charmdan ishlangan talqinini ham xarid qilishingiz mumkin.

Qadoq tarkibi
Mi 11 Xiaomi'ning zaryadchiksiz sotiladigan ilk smartfoni bo‘lishi ko‘zda tutilgandi. Biroq Samsung'dan farqli o‘laroq, Xiaomi foydalanuvchilar oldida tanlash imkoniyatini qoldirdi.

Osiyo bozorlarida Mi 11 zaryadchiksiz sotiladi. Lekin bundan xavotirlanmang. Agar sizga zaryadchik kerak bo‘lsa, sotuvchidan so‘rasangiz, 55 Vt lik GaN adapterini tekinga olasiz.

Dunyoning boshqa qismlarida esa zaryadchik standart ravishda qadoq ichiga solib qo‘yilgan.

55 Vt lik quvvatlagich bilan birga qadoq ichida 6A nominalidagi USB-C-2-USB-A kabeli va shaffof silikon g‘ilof mavjud.

Yana bir narsa esdan chiqmasin. Qadoq ichida bir tomoni USB-C ikkinchi tomoni 3.5 mm audio jek bo‘lgan adapter ham bor bo‘lib, uning yordamida simli quloqchinlar bilan musiqa tinglash mumkin bo‘ladi.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (1-qism)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!