Xiaomi Mi 11T hamda Mi 11T Pro mana shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin

  •   DiMaX
  •  1054
  •  03.07.2021 16:56

Xiaomi Mi 11T hamda Mi 11T Pro mana shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin

«Xitoycha Apple»ning Xiaomi Mi 11 lineykasi doirasidagi smartfonlar soni ayni damda sakkiztaga yetgan. Shuningdek, uning shu yiliyoq chiqadigan 13 xil yangi smartfoni, ayrimlarining xususiyatlari ham fosh bo‘lgan.

O‘QING: Xiaomi Mi 11i/Mi 11X Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Manbalarning yozishicha, shu yilning avgustida Xiaomi yana bir nechta yangi telefonlarini namoyish qiladi. Ular orasida so‘nggi flagmanlar oilasining ikkita vakili ham bo‘ladi.

Taniqli xitoylik insayder Digital Chat Station esa kuni kecha Weibo tarmog‘idagi o‘z akkaunti orqali ularning chizma suratini e’lon qildi. Ularning old paneli bir xil, ammo orqa tomonining dizayni, kamera modullarining joylashuvi hamda imkoniyatlariga ko‘ra farqlanadi.

Insayderning yozishicha, bular bozorga Xiaomi Mi 11T hamda Xiaomi Mi 11T Pro nomlari ostida taqdim etilishi mumkin.

Shu bilan birga, yana bir versiyaga ko‘ra, bular – standart Xiaomi Mi 11 modeli uchun chizilgan va tanlanmay qolgan variantlardir.

O‘QING: Redmi Note 11 rasman tasdiqlandi: fanatlar undan nima kutishyapti?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!