Xiaomi Mi 5X’ga bir kunda 200 000 ta oldindan buyurtma tushdi

  •   DiMaX
  •  2098
  •  19.07.2017 12:17

Xiaomi Mi 5X’ga bir kunda 200 000 ta oldindan buyurtma tushdi

Xiaomi o‘zining yangi smartfoni – Mi 5X modelini Xitoydagi tadbirda 26 iyulda taqdim etmoqchi. Androidpure nashri esa mazkur modelning turli suratlarini va xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni chop etdi.

Bugungina internetga joylangan suratlar Mi 5X dizaynini har tomonlama ko‘rish imkonini beradi. Ularga ko‘ra, smartfonning orqa panelida qo‘shaloq modelli kamera hamda barmoq izi skaneri joylashtirilgan. Uni uchta rangda chiqarishyapti ekan: qora, tillarang va pushti.

Gap-so‘zlarga qaraganda, Mi 5X texnik xususiyatlariga ko‘ra ikki xil talqinda ishlab chiqariladi. Ularning birinchisi Qualcomm Snapdragon 625 protsessoriga, 4 gigabayt tezkor va 32 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘ladi. Ikkinchisi esa nisbatan ilg‘or – unga Snapdragon 660 protsessorlari o‘rnatiladi, tezkor va doimiy xotiralari ham tegishlicha 6 va 64 gigabayt hajmga ega.

Garchi Mi 5X hali 26 iyulda rasman taqdim etiladigan bo‘lsa-da, Xiaomi saytida allaqachon unga 200 mingdan oshiq oldindan buyurtma tushgan. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, uning standart talqiniga 210 AQSh dollariga teng miqdorda, ilg‘or talqiniga esa 300 dollar hajmida narx belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ayrim Xiaomi smartfonlarining AliExpress’dagi narxlari bilan mana bu, poytaxtimizda sotilayotgan modellar narxlari bilan mana bu, Andijonda taklif etilayotgan narxlari bilan esa mana bu maqolalarimizda tanishib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, uning Mi 5 hamda Mi 5 modellarini plastik kartadan to‘lash orqali kredit asosida xarid qilish, boshqa modellarini kredit bo‘yicha naqd pulga sotib olish imkoni ham bor.

Ushbu ishlab chiqaruvchi smartfonlarining turkum va modellari haqida batafsilroq ma’lumot olish uchun mana bu maqolamiz bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!