Xiaomi Mi 6’ning ilk partiyasi 15 sekundda sotib tugatildi

Xiaomi Mi 6’ning ilk partiyasi 15 sekundda sotib tugatildi

28 aprel kuni tonggi 10:00 da Xitoyning taniqli onlayn do‘konlarida start olgan Xiaomi Mi 6 savdosi oradan 15 sekund o‘tar-o‘tmas yakuniga yetdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 600 ming donagacha yangi gadjetdan sotishga erishgan.

Mi 6’ning doimiy xotirasi 64 GB bo‘lgan talqini $360, doimiy xotirasi 128 GB bo‘lgan versiyasi $420 AQSh dollaridan, shuningdek keramika korpusga ega talqini $435 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan. Ba’zi do‘konlar smartfon asl narxining ustiga 50 dollargacha qo‘yib sotayotgan bo‘lsa ham, Mi 6 xarid qilish istagida bo‘lganlar soni oshib bormoqda. Ayni paytda uni xarid qilishni rejalashtirgan 2 milliondan ziyod kishi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Jilosiz qora, kumush, ko‘k talqindagi korpusda sotuvga chiqarilayotgan Xiaomi Mi 6 flagmani 5.15 dyuym va Full HD sig‘imli LCD displey, Qualcomm Snapdragon 835 protsessor, 6 gigabayt tezkor xotira, 12 megapikselli kamera 2 ta bosh kamera sensori, 3,350 mA soat akkumulyator, USB Type-C portiga ega. Uning zanglamas po‘lat va shisha uyg‘unligidagi korpusi chang va suvni o‘tkazmaydi. Shuningdek, Mi 6 Xitoyda 3.5 mm.li an’anaviy audio konnektordan birinchilardan bo‘lib voz kechdi.

Xiaomi Mi 6’ning navbatdagi partiyasi 5 may kuni sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!