Xiaomi Mi 8’da «ishkal» chiqdi: eng muhim funksiyasi umuman ishlamas ekan!

  •   DiMaX
  •  4098
  •  06.08.2018 15:16

Xiaomi Mi 8’da «ishkal» chiqdi: eng muhim funksiyasi umuman ishlamas ekan!

May oyida rasman taqdim etilib, yaqinda bozorga chiqarilgan Xiaomi Mi 8 flagmani bir qator ilg‘or innovatsion yechimlarni o‘zida jamlagan. Ammo ma’lum bo‘lishicha, ulardan biri, tag‘in eng muhimi hozircha ishlamas ekan!

O‘QING: 30 iyulda Xiaomi'ning eng qimmat smartfoni sotuvga chiqarildi

Xiaomi korporatsiyasi kuni kecha Rossiyada o‘zining yubiley flagmani – Mi 8 smartfonining taqdimotini o‘tkazgan edi. Shunda ma’lum bo‘ldiki, foydalanuvchining qiyofasini tanish orqali blokirovkadan chiqarish funksiyasi yevropaliklar uchun hozircha tatbiq etilmagan ekan. Kompaniyaning Rossiyadagi vakolatxonasidan ma’lum qilishlaricha, bu funksiya navbatdagi proshivka yangilanishlari bilan birga taqdim etiladi.

Tjournal nashri jurnalistlarining aniqlashtirishlaricha, bu yerda muammo shundaki, yuzni tanish tizimini yevropaliklarning qiyofalarida sinab ko‘rish ishlari hali nihoyasiga yetmagan. Bu boradagi testlar yakunlangach, smartfon qulfini qiyofa orqali ochish funksiyasi MIUI yangilanishi bilan faollashtiriladi.

Xitoyning o‘zida Xiaomi Mi 8 flagmani iyunning boshidanoq sotilib kelmoqda, Rossiya bozoriga esa rasman 8 avgustdan chiqariladi. Ayni damda undagi yuzni tanish tizimi osiyoliklar (asosan xitoyliklar va qiyofasi ularga ko‘proq o‘xshaganlar) yuzini tanishga ko‘proq mo‘ljallangan. Yevropaliklarni esa u «hammasining yuzi bir xil» tarzida ko‘rar ekan! Qizig‘i shundaki, iPhone X borasida aynan aksincha – u xitoyliklarning yuzini farqlay olmagan edi.

O‘QING: iPhone X o‘zaro umuman qarindosh bo‘lmagan xitoyliklarning ham farqiga bormadi!