Xiaomi Mi 8 Pro (Screen Fingerprint Edition) flagmani ham namoyish qilindi – uning barmoq izi skaneri ekranida!

  •   DiMaX
  •  1346
  •  20.09.2018 11:24

Xiaomi Mi 8 Pro (Screen Fingerprint Edition) flagmani ham namoyish qilindi – uning barmoq izi skaneri ekranida!

19 sentyabr kuni o‘tkazgan taqdimot marosimida Xiaomi kompaniyasi Mi 8 Lite (Mi 8 Youth Edition) smartfonidan tashqari, Mi 8 Pro flagmanini ham namoyish etdi. Bu – oldingi xabarlarda Mi 8 Screen Fingerprint Edition deb kelinayotgan, yuqori xususiyatlarga ega gadjetdir.

O‘QING: Xiaomi rasman Mi 8 Fingerprint Edition smartfonini ko‘rsatib, taqdimot kunini ham aytdi!

Xiaomi Mi 8 Pro tomonlari o‘zaro 19:9 nisbatida bo‘lgan, diagonaliga 6.21 dyuymlik ekranga ega. AMOLED-displeyning tasvir aniqligi Full HD+ formatida, ya’ni 2248x1080 pikselli. Sirasini aytganda, Mi 8 Pro modeli standart Mi 8 flagmanidan faqat bittagina jihati bilan farq qiladi – uning barmoq izi skaneri displeyning o‘ziga joylangan.

«Xitoycha Apple» bunaqa yechimni o‘zining Mi 8 Explorer Edition premial flagmanida ham qo‘llaganidan xabaringiz bor. Lekin u faqatgina Xitoy hududida sotiladi va hatto u yerda ham bu smartfonni sotib olish qiyin. Xiaomi Mi 8 Pro esa global savdoga ham chiqarilsa kerak.

O‘QING: Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?

Smartfonning samaradorligi uchun esa Adreno 630 grafik tezlatgichli Snapdragon 845 flagman protsessori mas’ul. Mazkur chip 6 yoki 8 gigabayt hajmli tezkor xotira bilan hamkorlikda ishlaydi. Qurilma faqat bir xil – 128 gigabayt doimiy xotiraga ega talqinda chiqariladi.

Mi 8 Pro modelining qo‘shaloq kamerasi «sun’iy idrok» funksiyalari bilan ta’minlangan. Uning asosiy moduli – 12 megapikselli, keng formatli Sony IMX363 sensori f/1.8 aperturalidir. Yordamchi ob’yektiv ham 12 megapikselli, ammo f/2.4 aperturali S5K3M3 moduli hisoblanadi.

Selfilar uchun esa ekran ustiga 20 megapikselli, f/2.0 aperturali old kamera o‘rnatilgan. Bu kameraga egasining qiyofasini tanish orqali qurilmani qulfdan chiqaruvchi Face Unlock funksiya ham tatbiq etilgan.

Ikkita SIM-karta bilan ishlay oluvchi Xiaomi Mi 8 Pro modeli 4G VoLTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Unga Wi-Fi (802.11ac), NFC hamda Bluetooth 5.0 modullari, shuningdek USB Type-C porti o‘rnatilgan. Smartfon eng yangi – MIUI 10 grafik qobig‘i ostidagi Android 8.1 Oreo operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

O‘QING: iPhone Xs taqdimotidan keyinoq Xiaomi uning naq uch baravar arzon klonini namoyish etdi!

Xiaomi kompaniyasi Mi 8 Pro flagmanini ikki xil – qora va pushti-sariq gradiyent tusli korpuslarda ishlab chiqaradi. Xitoyda unga hozirdanoq oldindan buyurtma olish boshlangan, xaridlarni yetkazib berish esa 21 sentyabrdan belgilangan. Smartfonning 6/128 gigabaytlik xotiraga ega talqini uchun 467 AQSh dollari, 8/128 gigabaytlik talqini uchun esa 525 dollar so‘ralmoqda.

O‘zbekistonda esa «xitoycha Apple»ning bir qator smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham rasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

O‘QING: Terashop.uz’dagi 1 500 000 so‘mgacha narxli Xiaomi smartfonlari (2018 yil 19 sentyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.