Xiaomi Mi 9 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi: Snapdragon 8150 chipi, 48 MPlik kamera va 10 GB «operativka»!

  •   DiMaX
  •  4517
  •  06.11.2018 09:55

Xiaomi Mi 9 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi: Snapdragon 8150 chipi, 48 MPlik kamera va 10 GB «operativka»!

«Xitoycha Apple» o‘zining Mi MIX 3 flagmani bilan butun dunyoni hayratga solgach, hamyonbop va o‘rta narxli boshqa devayslari ustida ishlamoqda. Jumladan, shu kunlarda uning bitta fableti taqdim etilishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi rasman Redmi Note 6 smartfoni anonsini berdi, u «Bo‘ydoqlar kuni» savdoga chiqadi!

Shu bilan birga, Xiaomi keyingi avlod ilg‘or qurilmalarini ham tayyorlashni boshlagan. Igeekphone nashri uning navbatdagi – Mi 9 flagmani haqidagi dastlabki ma’lumotlarni e’lon qilgan.

Manbaga ko‘ra, Xiaomi Mi 9 modeli 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan Qualcomm Snapdragon 8150 protsessorining ilk tashuvchilaridan biri bo‘ladi. Shu bilan birga, uning asosiy kamerasi 48 megapiksellik Sony IMX586 datchigiga ega bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

Xiaomi Mi 9 uch xil modifikatsiyada chiqishi kutilayotir: ularning tezkor xotirasi tegishlicha 6, 8 va 10 gigabaytlik hajmga ega. Bulardan tashqari, kompaniya ekranga joylangan daktiloskop, simsiz quvvatlash hamda namdan himoya kabilarni ham esdan chiqarmaydi.

Hozircha Xiaomi Mi 9 modelining batafsil xususiyatlari, taqdimot vaqti va narxi ma’lum emas. Biroq ushbu kompaniyaning bir qator smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn buyurtma asosida xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashgan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 30 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!