Xiaomi Mi 9’ning Antutu’dagi natijasi chiqdi – rekordchilikka u ham da’vogar!

  •   DiMaX
  •  2074
  •  19.01.2019 14:29

Xiaomi Mi 9’ning Antutu’dagi natijasi chiqdi – rekordchilikka u ham da’vogar!

Xiaomi kompaniyasining navbatdagi flagmani – Mi 9 taqdim etilishiga hali kamida bir oy vaqt bor. Ammo u haqda internetda tarqalgan bir qancha ma’lumotlarni e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi Mi 9 flagmani kamida ikkita variantda chiqariladi va ular o‘zaro jiddiy farqlanadi

Yangi «sizib chiqqan» ma’lumotlarda esa uning Antutu benchmarkida erishgan natijasi aks etgan. Unga ko‘ra, Qualcomm Snapdragon 855 protsessorli Xiaomi Mi 9 mazkur sinovda 362570 ball olgan. Bu esa samaradorlik bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘lib, Antutu reytinglarida yuqori o‘rinlarda turishi aniq.

Hozirda AnTuTu rekordchisi sifatida Sony Xperia XZ4 e’tirof etilmoqda – mazkur benchmarkda u eng qori – 395 721 ball to‘plashga erishgan. Ammo bu smartfon ham hali rasman namoyish etilmagan, smartfonsozlarning flagmanlari taqdim etilganidan so‘ng, amalda sinab ko‘rilganida aniq natijalar ma’lum bo‘ladi.

O‘QING: AnTuTu rekordchisi – Lenovo Z5 Pro GT flagmani Geekbench’da sharmanda bo‘ldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!