Xiaomi Mi 9 Pro 5G – dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  4316
  •  24.09.2019 15:13

Xiaomi Mi 9 Pro 5G – dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni qarshi oling!

Va’da qilganidek, «Xitoycha Apple» bugun – 24 sentyabrdagi matbuot anjumanida Mi 9 Pro 5G rusumli flagman smartfonini taqdim etdi. Nomidan ham anglashilib turganidek, bu – Xiaomi Mi 9 (sotib olish) modelining takomillashtirilgan versiyasidir.

O‘QING: Redmi Note 8 global talqinda kutilmagan narxda taqdim qilindi!

Keyingi kunlarda tarqalayotgan xabarlarda uni Xiaomi Mi 9S Pro 5G, Xiaomi Mi 9S, Xiaomi Mi 9 5G, Mi 9 Pro Xiaomi Mi 9 Pro 5G kabi nomlar bilan atashayotgan edi.

Yangi flagman ham Mi 9 dizaynida, ammo texnik xususiyatlarida farqlar mavjud. Avvalo, u eng kuchli Android-protsessor – Snapdragon 855 Plus chipseti bazasiga qurilgan. Mazkur chipset yettita antennani hamda 1.78 Gbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot almashishni qo‘llab-quvvatlaydigan Snapdragon X50 rusumli 5G-modemni ham o‘z ichiga olgan. Protsessorning qizib ketmasligini ta’minlash uchun yangilangan – naychali, «L» shaklidagi sovitish tizimi qo‘llangan.

Mi 9 Pro 5G flagmani tezkor xotirasi 8 va 12 gigabaytlik, ichki xotirasi esa 128, 256 hamda 512 gigabaytlik variantlarda taklif qilinadi.

O‘QING: Shoshqaloqlar uchun maxsus: Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 10 chiqdi!

Xiaomi mazkur modelini yangi vibromotorcha bilan ta’minlagan: u titrashning naq 150 turini farqlay oladi! Bunisi esa geymerlar uchun alohida ahamiyatga ega.

Smartfonning 4000 mA/soatlik akkumulyatori 45 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan atigi 48 daqiqada to‘liq zaryadlanadi! Simsiz quvvatlash borasida ham Mi 9 Pro 5G tengsiz: batareyaning o‘zi 30 vattlik texnologiya bo‘yicha 69 daqiqada simsiz quvvatlash mumkin; simsiz usulda reversiv (teskari) zaryadlash quvvati esa 10 vattga teng. Uning yordamida iPhone Xs Max akkumulyatorini 30 daqiqada 20 foizga simsiz quvvatlash mumkin.

Xiaomi Mi 9 Pro 5G shu tadbirning o‘zida namoyish etilgan MIUI 11 grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etildi.

O‘QING: MIUI 11’dagi yangi funksiya Xiaomi smartfonlari egalarining hayotini saqlab qolishi mumkin!

Yangi devays boshqa jihatlariga ko‘ra «oddiy» Mi 9 flagmanidan farq qilmaydi: diagonaliga 6,4 dyuymlik, AMOLED-matritsali, Full HD+ formatli ekraniga daktiloskop ham o‘rnatilgan.

Bosh kamera 48 + 12 + 16 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga olgan, old kamera esa 20 megapiksellik. Korpusida USB Type-C porti mavjud, ichidagi NFC chipi esa smartfonni mashina pulti sifatida qo‘llash imkonini ham beradi.

Xiaomi Mi 9 Pro 5G ikki xil – Dream White hamda Titanium Black rangli korpuslarda 27 sentyabrdan Xitoyda sotuvga chiqadi. Narxlari esa tezkor/ichki xotirasi hajmiga ko‘ra quyidagicha:

8/128 gigabaytligi – 520 AQSh dollari;

8/256 gigabaytligi – 534 AQSh dollari;

12/256 gigabaytligi – 577 AQSh dollari;

12/512 gigabaytligi – 605 AQSh dollari.

Ko‘rib turganingizdek, Xiaomi Mi 9 Pro 5G chindan ham eng arzon 5G-smartfon bo‘lib chiqqan. Ungacha esa ushbu nomga Vivo kompaniyasi yaqindagina namoyish etgan, 536 dollardan boshlanuvchi iQOO Pro 5G flagmani sazovor bo‘lib turgan edi, uning ilk partiyasi 1 soniyadayoq sotilib ketgan edi.

Xiaomi bo‘lsa Mi 9 Pro 5G flagmanini tashqi bozorga chiqarish-chiqarmasligi haqida taqdimotda hech nima demagan. Kompaniyaning avvalgi rusumlardagi aksariyat telefonlarini atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Redmi K20 Pro Premium taqdim etildi va AnTuTu’da kuchini ham ko‘rsatdi!