Xiaomi Mi 9 Pro allaqachon savdoda, lekin u hafsalani pir qildi! (+ilk «jonli» rasm va videolari)

  •   DiMaX
  •  1557
  •  19.09.2019 15:01

Xiaomi Mi 9 Pro allaqachon savdoda, lekin u hafsalani pir qildi! (+ilk «jonli» rasm va videolari)

«Xitoycha Apple» eng arzon 5G-smartfonini kelasi haftada namoyish etishi haqida yozganmiz. Keyingi kunlarda tarqalayotgan xabarlarda uni Xiaomi Mi 9S Pro 5G, Xiaomi Mi 9S, Xiaomi Mi 9 5G hamda Xiaomi Mi 9 Pro 5G kabi nomlar bilan atashayotgan edi, kompaniyaning o‘zi Mi 9 Pro ekanini aytdi.

O‘QING: Xiaomi Mi 9 Lite rasman taqdim etildi – kutilganidan arzon, lekin...

Xiaomi Mi 9 Pro smartfoni «sharshara ekran»li bo‘lishi aytilayotgan edi, lekin uning kechagina tarqalgan «jonli» surat va videolari bu borada muxlislarning hafsalasini pir qildi.

Ko‘rib turganingizdek, dizayniga ko‘ra u «oddiy» Xiaomi Mi 9 (xarid qilish) flagmanidan farq qilmas ekan. Yonidagi tablichkadagi yozuvlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 9 Pro chindan ham Qualcomm Snapdragon 855 Plus protsessori, 5G moduli, 30 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi hamda 48 megapiksellik asosiy kamera bilan ta’minlangan.

O‘QING: Shoshqaloqlar uchun maxsus: Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 10 chiqdi!

Shuningdek, Xitoyning ayrim onlayn do‘konlarida Xiaomi Mi 9 Pro uchun allaqachon oldindan buyurtma olish boshlangan. Ularda qurilmaning aniq narxi keltirilmagan, faqat ma’lum miqdorini to‘lab, buyurtma berib qo‘yish mumkin:

Bulardan tashqari, internetda Xiaomi Mi 9 Pro smartfonining birinchi «jonli» videolari ham tarqala boshladi. Masalan, quyidagi lavhada uning simsiz usulda reversiv (teskari) quvvatlash funksiyasi amalda ko‘rsatilgan – smartfon Appe AirPods quloqchini g‘ilofini 10 vattlik usulda simsiz quvvatlamoqda:

Navbatdagi rolikda esa yoqiq holdagi Xiaomi Mi 9 Pro’ni ishlatib, har tomonlama aylantirib ko‘rsatishadi:

Ushbu qurilmaning eng arzon 5G-smartfon bo‘lishi kutilmoqda; kompaniyaning avvalgi rusumlardagi aksariyat telefonlarini atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: «Jonli» video: Xiaomi sir tutayotgan Mi Mix 4 (Mi Mix Alpha) flagmanini ishlatib ko‘rsatishdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.