Xiaomi Mi 9 sertifikatlandi – 48 MPlik uch modulli kamera, Snapdragon 8150 chipi va boshqa ma’lumotlar

  •   DiMaX
  •  1904
  •  23.11.2018 13:49

Xiaomi Mi 9 sertifikatlandi – 48 MPlik uch modulli kamera, Snapdragon 8150 chipi va boshqa ma’lumotlar

Xitoyning sertifikatsiya idorasida M1901F9T/E model raqamli mobil qurilma ro‘yxatga olindi. Manbalarga ko‘ra, bu Xiaomi kompaniyasining navbatdagi flagmani – Mi 9 smartfonidir.

O‘QING: «Olti burchakli» Mi 9 flagmani Xiaomi’ning birorta smartfoniga o‘xshamaydi! (+surat)

Sertifikatsiya ushbu gadjetning muhim texnik jihatlarini tasdiqladi. Bulardan eng muhimi – Qualcomm hali rasman taqdim etmagan Snapdragon 8150 protsessoridir. Shuningdek, «xitoycha Apple» o‘zining Mi 9 modelini uchta ob’yektivli bosh kamera bilan jihozlamoqda. Ularning asosiysi esa 48 megapikselli Sony IMX586 sensoridir.

Avvalgi «sizib chiqqan» ma’lumotlarga ko‘ra, 5G tarmog‘ida ham ishlay oluvchi Xiaomi Mi 9 romsiz ekran dizayniga ega. Diagonaliga 6,4 dyuymlik AMOLED-displey tepa qismida tomchisimon «kemtik»li bo‘lib, daktiloskopik datchik ham ekranga integratsiya qilinadi.

O‘QING: Xiaomi buklama smartfoni – Mi Mix Flex narxi va jihatlari bilan ilk bor tanishamiz!

Xiaomi Mi 9 akkumulyatori 3700 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lishi ham xabar qilingan. Unga 12 vattgacha quvvatli Qi simsiz zaryadlash hamda Qualcomm Quick Charge 5.0 tezkor quvvatlash texnologiyalari joriy etilayotir.

Smartfonning korpusi IP68 standartiga ko‘ra chang va suvdan himoyalangan bo‘lib, ikkinchi avlod USB Type-C portiga ega. 2019 yilning birinchi yarmida taqdim etiladigan Xiaomi Mi 9’ning bazaviy versiyasi narxi 500 dollardan boshlanadi. Uning ilg‘or – 10/256 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega konfiguratsiyasi esa ancha qimmat bo‘ladi.

Xiaomi’ning jahon bozoriga allaqachon taqdim etilgan aksariyat smartfonlarini esa 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud. Do‘konimizga yangi kelgan, hali quyidagi narxnomamizga kirmagan mobil kinoteatr – Mi Max 3 fabletini bo‘lsa 2 188 000 so‘m evaziga sotib olishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 20 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.