Xiaomi Mi 9 yangi talqinda taqdim qilindi

Xiaomi Mi 9 yangi talqinda taqdim qilindi

Xiaomi Mi 9 flagmani fevral oyida 6 va 8 GB operativ, 128 GB doimiy xotirali versiyalarda taqdim qilingandi. Ammo, ayrim foydalanuvchilar uchun bu kamlik qilishi mumkin. Shu sababdan, kompaniyadagilar 8 GB operativ va 256 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan yanada kuchli talqinda ishlab chiqishga qaror qildi.

Xiaomi представила новую версию Mi 9

Yangi modifikatsiyadagi Mi 9 smartfonini sotib olmoqchi bo‘lgan dastlabki haridorlarga simsiz quvvatlagich sovg‘a sifatida qo‘shib berilishi nazarda tutilgan. Modelning narxi 467 dollar bo‘lib, kichikroq xotiralarga ega bo‘lgan Mi 9’ni Xitoyda 365 va 425 dollar narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’ga CC9 hamda Mi A3 yetib keldi, Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishing! (2019 yil 9 avgust)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!