Xiaomi Mi 9S – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon ham taqdimotga tayyor!

  •   DiMaX
  •  2690
  •  31.08.2019 16:23

Xiaomi Mi 9S – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon ham taqdimotga tayyor!

Xitoylik tinib-tinchimas ushbu kompaniya birinchilar qatorida o‘zining 5G-smartfoni – Xiaomi Mi Mix 3 5G modelini taqdim etgandi. Endi esa u beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan eng arzon telefonni tayyorlayapti!

O‘QING: Redmi Note 8 hamda Note 8 Pro taqdim etildi – kulgili narxlardagi yangi xitlar!

Xiaomi vakillari ushbu smartfonning avvalo mahalliy bozorga mo‘ljallanganligi, keyinroq esa global savdoga ham chiqishi mumkinligini aytishgan.

Xitoylik jurnalistlardan biri esa o‘z manbalariga tayanib, bu borada yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Xitoycha Apple» mazkur modelini shu sentyabrning o‘rtalaridayoq taqdim etmoqchi!

Aytish kerakki, Xiaomi yangi qurilmasini bozordagi eng arzon 5G-smartfon sifatida taqdim etmoqchi. Ayni damda esa ushbu nomga Vivo kompaniyasi yaqindagina namoyish etgan, 536 dollardan boshlanuvchi iQOO Pro 5G flagmani sazovor bo‘lib turibdi.

O‘QING: Eng arzon 5G smartfonning ilk partiyasi 1 soniyada sotilib ketdi!

Xiaomi esa o‘zining 5G-smartfonini ayni damdagi flagmani – Mi 9 (sotib olish) modelining yangilangan versiyasi sifatida taqdim etadi va Xiaomi Mi 9S deb nomlaydi. Shuningdek, potensial nomlar orasida Xiaomi Mi 9 5G hamda Xiaomi Mi 9 Pro 5G variantlari ham bor.

Garchi hali nomi aniq bo‘lmasa-da, bu smartfon uchun o‘tgan haftadayoq Xitoy regulyatorlari – TENAA hamda 3C sertifikati hamda 5G tarmoqlarida ishlash uchun kerakli hujjatlar olingan.

Xiaomi Mi 9S modelining original Mi 9’dan farqlariga kelsak, u Qualcomm Snapdragon 855 Plus protsessoriga, 45 vattlik usulda quvvatlanuvchi 4000 mA/soatlik akkumulyatorga, 2K formatli ekranga hamda kamerasida optik barqarorlashtirish tizimiga ega bo‘ladi.

Shu kungacha global savdoga chiqqan aksariyat Xiaomi telefonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Black Shark degani – faqat smartfon emas: Xiaomi geymerlar uchun maxsus poverbank chiqardi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.