Xiaomi Mi A2 Geekbench’da ham «ko‘rindi» – u ertagayoq namoyish etilishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  2103
  •  11.06.2018 17:59

Xiaomi Mi A2 Geekbench’da ham «ko‘rindi» – u ertagayoq namoyish etilishi mumkin!

Digit nashri yaqinda, Xiaomi xodimining bergan ma’lumotlariga tayanib, kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotlar ro‘yxatida Xiaomi Mi A2 yo‘qligini ta’kidlagan edi. Ammo «xitoycha Apple» bu qurilmasini baribir savdoga taqdim etadigan ko‘rinadi.

O‘QING: Xiaomi Mi A2 to‘xtatiladi, ammo...?

Shu kunlarda mashhur bunchmark servisi – Geekbench bazasida Mi A2 smartfoni tekshirib ko‘rilgani aniqlandi. Uning bazasida saqlanib qolgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur devays Snapdragon 660 protsessori hamda 4 gigabaytlik tezkor xotiraga ega. U yakka yadroli sinovda 1630 ochko, ko‘p yadroli testda esa 4657 ochko to‘plashga erishgan.

Android 8.1 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlovchi mazkur smartfon o‘zining apparat platformasiga ko‘ra yaqinda taqdim etilgan Mi 6X modelidan farqlanmaydi.

O‘QING: Xiaomi Mi 6X (Mi A2) rasman taqdim qilindi

Xo‘sh, unda nega mazkur model ham Mi 6X bilan birga namoyish etilmadi ekan? Ehtimol, ularning o‘zaro farqlari faqat apparat qismidagina emasdir, demoqda kuzatuvchilar. Masalan, Mi A2 smartfonida kameralar boshqacharoq, ekrani kattaroq bo‘lishi mumkin-ku.

Bularga oydinlik kiritishga ham ko‘p vaqt qolgani yo‘q. Chunki, taxminlarga qaraganda, xitoylik korporatsiya o‘zining Mi A2 modelini ham ertaga – 12 iyun kuni, Redmi 6 gadjeti bilan birga rasman taqdim etishi mumkin.

«Xitoycha Apple»ning allaqachon savdoga chiqarilgan aksariyat smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan, bir yillik rasmiy kafolati bilan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: 820 000 so‘mdan boshlangan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 11 iyun) – Terashop.uz’dagi xaridingiz O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!