Xiaomi Mi A3 ham yangi Snapdragon 730 chipiga ega – u Galaxy A80 bilan bellashadi!

  •   DiMaX
  •  1606
  •  27.04.2019 12:41

Xiaomi Mi A3 ham yangi Snapdragon 730 chipiga ega – u Galaxy A80 bilan bellashadi!

Qualcomm kompaniyasi shu oyning boshida o‘rta narx toifasidagi smartfonlar uchun flagman protsessor – Snapdragon 730 chipini taqdim etgandi. Unga asoslangan ilk telefonni esa janubiy koreyalik texnogigant chiqardi.

O‘QING: Galaxy A80 taqdim etildi: aylanuvchi kamera, yangi Snapdragon 730 chipi va... yuqori narx! (+video)

Snapdragon 730 chipi 8 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan bo‘lib, maksimal 2.2 GGs.lik takt chastotasida ishlovchi sakkizta yadroni o‘z ichiga olgan. Endi esa ayni shu protsessor bazasidagi yana bir smartfonni Xiaomi kompaniyasi tayyorlamoqda. Kompaniyaning Hindistondagi bo‘limi rahbari Manu Kumar Jayn (Manu Kumar Jain) kecha Twitter orqali e’lon qilgan posti shunga ishora qilayotir:

Manu Kumar Jayn ushbu postida hamkorlik uchun Qualcomm kompaniyasiga minnatdorchilik bildirgan va yaqin ikki hafta ichida uning 700-seriyadagi yangi protsessori asosida smartfon taqdim etilishini yozgan. To‘g‘ri, u buning aynan qaysi chip ekanini ham, kutilayotgan telefon modelini ham aniq aytmagan. Ammo tahlilchilar amerikalik chipsozning so‘nggi protsessori Snapdragon 730 ekaniga tayanib, ikki haftada shu chipli Xiaomi Mi A3 smartfoni chiqishini taxmin qilishmoqda. Demak, ushbu model samaradorlik bo‘yicha Samsung’ning eng original form-faktorli smartfoni bilan raqobatga kirishishini kutish mumkin!

O‘QING: Xiaomi Mi A3 hamda Mi A3 Lite: daktiloskopli ekran, 32 MPlik selfi-kamera!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.