Xiaomi Mi Band 3: chiroyli rasmiy tizeri, quvonarli narxi!

  •   DiMaX
  •  4640
  •  29.05.2018 11:48

Xiaomi Mi Band 3: chiroyli rasmiy tizeri, quvonarli narxi!

«Xitoycha Apple» shu yilning 31 may kungi matbuot anjumanida o‘zining bir qator yangi dasturiy ta’minotlari va qurilmalarini taqdim etishni rejalashtirgan. Ular orasida Mi Band 3 «aqlli» bilaguzugi ham mavjud.

O‘QING: Xiaomi Mi Band 3’ni ishlayotgan holida ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

Kuni kecha korporatsiya Mi Band 3 modelining taqdimotini rasman tasdiqladi. Kompaniya rahbari Ley Szyun e’lon qilgan quyidagi tizerda buni chiroyli tarzda ifodalashgan: Xiaomi ramzi bo‘lmish quyoncha qo‘lida smart-bilaguzuk bilan o‘tiribdi, uning ro‘parasida esa hilol tungi ufqdan ko‘tarilib, dengizdagi aksi bilan birgalikda 3 raqamini hosil qilgan:

Aytish kerakki, Xiaomi’ning bundan oldingi – Mi Band 2 smart-brasleti o‘z raqobatchilaridan ancha arzonligi bilan e’tibor qozongan va juda ommalashgan. Jumladan, ushbu mahsulot O‘zbekistonda ham rasmiy kafolat bilan sotilmoqda:

O‘QING: Xiaomi smartfonlari va boshqa devayslari narxlari (2018 yil 22 may) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi!

Kompaniya ushbu an’anani bilaguzukning uchinchi avlodida ham davom ettirishga qaror qilibdi. 2016 yilda taqdim qilingan Mi Band 2 bilaguzugi 149 yuanga baholangan bo‘lsa, uning uchinchi avlodi uchun undan salgina qimmat – 169 yuan miqdorida narx belgilangan. Bu esa taxminan 26,5 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Mana, bir necha soat avval Xiaomi’ning Xitoydagi rasmiy do‘konida paydo bo‘lgan yangi sahifada Mi Band 3 narxi ko‘rsatilgan:

Xiaomi Mi Band 3 «aqlli» bilaguzugi qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi hozircha rasman aytilgan emas. Turli manbalar uning ekrani rangli bo‘lishini, gadjetga GPS va NFC modullari o‘rnatilishini aytishmoqda.

O‘QING: Xiaomi Mi Band 3 sensor ekranli bo‘lib, ishoralar bilan boshqariladi (+video)

Nima bo‘lganda ham, bu devaysning dizayni, barcha xususiyatlarini bilib oladigan kunga oz qoldi. 31 may kuni Shanxayda bo‘lib o‘tadigan namoyishda bularning barchasiga oydinlik kiritiladi.

Esingizda bo‘lsa kerak, Xiaomi kompaniyasi o‘zining Black Shark nomli ilk o‘yinbop smartfonini taqdimotini o‘tkazgandi. Unda ishtirok etgan korporatsiya bosh direktori Ley Szyun qo‘lidagi sirli brasletga jurnalistlar e’tibor berishgan – bu o‘sha yangi avlod «aqlli» bilaguzuk bo‘lishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: Xiaomi rahbari qo‘lida Mi Band 3 bilan «qo‘lga tushdi»!