Xiaomi Mi Band 4C taqdim etildi: siz uni «taniysiz»!

  •   DiMaX
  •  686
  •  06.07.2020 15:29

Xiaomi Mi Band 4C taqdim etildi: siz uni «taniysiz»!

«Xitoycha Apple» o‘zining Mi Band 4C aqlli bilaguzugini Mi Band 5 bilan birga namoyish etilishi aytilgan, ammo taqdimot ro‘yxatida u bo‘lmagan edi. Avvalroq esa bu fitnes-brasletning surati va xususiyatlari kompaniya rasmiy saytida ham e’lon qilingan.

O‘QING: Mi Band 5 olmay turing – yanada arzon Mi Band 5 Lite va kuchli Mi Band 5 Pro ham chiqadi!

Kompaniya bugun – 6 iyul kuni Malayziyada ushbu mahsulotini rasman taqdim etildi, ammo u butkul yangi mahsulot emas ekan. Aniqrog‘i, Mi Band 4C degani aslida aprelning boshida namoyish qilingan aqlli bilaguzuk – Redmi Band modelining kloni bo‘lib chiqdi.

Redmi brendining ilk fitnes-trekeri 14 dollarga baholangan bo‘lsa, uning kloni bo‘lmish Mi Band 4C uchun Malayziyada 23 dollarga teng narx belgilangan. Lekin, aytib o‘tish kerakki, bu – global versiyadagi aksessuardir.

Aniqki, rasman Redmi Band sotuvga chiqqan yoki endi chiqadigan mamlakatlar bozorlariga Xiaomi Mi Band 4C taqdim etilmaydi. Rangdor ekranli ushbu smart-bilaguzukning xususiyatlari bilan mana bu xabarimizda batafsil tanishib chiqish mumkin.

O‘QING: Mi Band 4 arzonlashdi, Mi Band 5 esa endi global versiyada chiqadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!