Xiaomi Mi Band 5 bilaguzugi qachon taqdim qilinadi?

Xiaomi Mi Band 5 bilaguzugi qachon taqdim qilinadi?

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi Mi Band 5 bilaguzugini 11-iyunda taqdim qilishi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Mish-mishlarga qaraganda, bilaguzuk masofaviy kamera boshqaruvi funksiyasiga ega bo‘ladi. Bu bilan esa bilaguzuk orqali smartfoningiz vositasida rasmga olish imkoni paydo bo‘ladi. Gadjet, shuningdek, qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini o‘lchovchi datchik, Alexa ovozli yordamchisi va Xitoydan tashqarida ham ishlovchi NFC'ga ega bo‘ladi.

Qurilma ekrani ham oldingi avlod tasmlaridagi 0.95" dan 1.2" ga kattalashadi, hoshiyalar esa ingichkalashadi.

Qo‘shimcha ravishda, Xiaomi Mi Band 5 besh xildagi mashq turini kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi. Bularga yoga, elliptik trenajor, yopiq eshkak trenajori, yopiq velosiped mashqlari va arqondan sakrash mashqlari kiradi.

O‘QING: Xiaomi biryo‘la ikkita – Mi Band 5 hamda Mi Band 4C fitnes-bilaguzuklarini chiqaryapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!