Xiaomi Mi CC9 Pro smartfoni taqdim qilindi

Xiaomi Mi CC9 Pro smartfoni taqdim qilindi

Asosiy kamerasi 108 megapikselli bo‘lgan 5 kamera moduliga ega Mi CC9 Pro smartfoni anchayin reklamalardan so‘ng va nihoyat taqdim qilindi.

Smartfon Snapdragon 730G protsessorida ishlaydi. Bu chipda sakkizda yadro bo‘lib, ularning ikkitasi 2.2 GHz chastotada ishlaydi.

Displey esa 6.47 dyuymli Super AMOLED panel bo‘lib, Full HD+ rezolyutsiya va 19.5:9 nisbatga ega. Panelning yon tomonlari qayrilgan, yuqori qismda esa 32MP f/2.0 selfi kamera uchun tomchi tirqish mavjud.Mi CC9 Pro'ning eng muhim jihati qurilmaning orqa kameralardir. Beshta linza va to‘rtta (ikki juft) LED chirog‘i barchaning didiga mos tasvirlar hosil qilishga xizmat qiladi. 108 megapikselli kamera Samsung'ning ISOCELL Bright HMX datchigidan foydalanadi. Ma’lumot uchun, bu datchik koreys kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, ilk marotaba revolyutison Mi MIx Alpha'ga o‘rnatilgan.Xiaomi qurilmaga f/1.7 8P linzasi (faqat Premium talqiniga) qo‘yilganini faxr bilan tilga oldi. Shunday qilib, Mi CC9 Pro ushbu linzaga ega dunyodagi ilk smartfonga aylandi. Bu, 1/1.33 dyuymli datchik bilan bir qatorda, detallarga o‘ta boy rasmlar hosil qilish va past yorug‘likda misli ko‘rilmagan sifatli tasvirlar hosil qilish imkonini yaratadi.Devaysda, bundan tashqari, OIS'ga ega, raqamli zum yoqilganda 50x gacha zum yarata oluvchi 5x optik zumli telefoto kamera ham bor. Keyingi kamera esa 117 daraja ko‘rish maydoniga ega 20MP ultra keng burchakli linza bo‘lsa, modulning quyisidagi eng kichik datchik 2-10 sm makro linzadir. Har ikki kamera ham 1.5 sm masofadan tasvirga olish imkonini beradi. Bu hozirga qadar smartfon kamerasi bilan olish mumkin bo‘lgan eng yaqin masofadir.Beshinchi kamera esa portret olishga ixtisoslashgan. Biroq bu odatiy 2 megapikselli sath kamerasi emas, balki 2x zumga ega 12MP telefoto kameradir. Bu bilan 50 mm fokus uzunligiga erishish mumkin.Gadjetga o‘rnatilgan 5 260 mA/soatli akkumulyator 30 daqiqada 58%, 65 daqiqada esa 100% quvvatlanadi. Bunga sabab undagi 30 vattli PD tezkor quvvatlash texnologiyasidir. Android 9 yuzasidagi MIUI 11 platformasida ishlovchi Mi CC9 Pro Aurora Green (avrora yashil), Glacier White (muzlik oq) hamda Midnight Black (yarim tun qorong‘usi) ranglarida sotiladi.
Bugunning o‘zidayoq Toshkent vaqti bilan soat 15.00 dan smartfonning ikki: 6/128GB va 8/256GB variantlari uchun oldindan buyurtmalar qabul qilina boshlandi. Narxlar mos ravishda 400 va 440 dollar bo‘ladi, 8P linzali 8/256GB xotiraga ega Premium talqin esa 500 dollarga baholanmoqda. Savdolar esa Xiaomi'ning rasmiy kanallarida 11-noyabr sanasidan boshlanadi.O‘QING: Xiaomi beshinchi avlod Mi TV 5 televizorlarini namoyish etdi

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.