Xiaomi Mi M365 samokati bilan yoz o‘tadi soz! (+video)

Xiaomi Mi M365 samokati bilan yoz o‘tadi soz! (+video)

Mi M365 samokati 2018 yilgi r/Electric Scooter so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, foydalanuvchilar tomonidan yilning eng yaxshi elektrli samokati, deya e’tirof etilgan.

47 nafar mutaxassis esa unga 5 balli shkalada 4.5 ball qo‘ygan. Bu ko‘rstkich bilan qurilma o‘zidan nisbatan qimmat turuvchi Dualtron ULTRA va Spider samokatlaridan keyingi uchinchi o‘rinni egallagan.

M365'ning bunday yuqori baholanishiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Qurilma egalari mahsulotni o‘ta chidamli ekanligi uchun qadrlashadi. Bundan tashqari, samokat o‘zining orqa disk tormozi, pneumatik (havo bilan to‘ldiriluvchi) shinasi va Bluetooth orqali boshqarish funksiyasi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Texnik ma’lumotlar:

Ishlab chiqaruvchi: Xiaomi (Xitoy)

Vazni: 12 kg

Buklangandagi o‘lchamlari: 109 x 43 x 48 sm

Motor quvvati: 250 vatt

Maksimal tezligi: 25 km/soat

Bir quvvat bilan maksimal harakatlanish masofasi: 30 km

Akkumulyator sig‘imi: 280 vatt/soat

Quvvatlanish davomiyligi: 5 soat

Yo‘lovchining maksimal vazni: 100 kg

Tormoz turi: old: elektron w/ABS; orqa: disk

Shina turi: pneumatik 

Avvaldan o‘rnatilgan old va orqa chiroqlar: bor

Suvga chidamlilik: yo‘q 

Narxi: 4 195 000 so‘m (sotib olish)

Kafolat: 12 oy

Tormoz

Xiaomi Mi M365 samokatiga orqa disk tormozi o‘rnatilgan. Bu eng yaxshi tormoz tizimi hisoblanib, kompaniya so‘rayotgan narx uchun juda ham arzirli funksiyadir. Sababi bunday tormozlar, ko‘pincha, qimmat narx toifasidagi samokatlarga o‘rnatiladi, xolos. Mi M365'da to‘xtashga yordam beruvchi regenerativ old tormoz ham o‘rnatilgan. Shunday qilib, umumiy tormoz tizimi a’lo darajada ishlangan va boshqa samokatlarga ham buni ikkilamasdan o‘rnak qilib ko‘rsatish mumkin.

Motor

Samokatga 250 vattli doimiy tokda ishlovchi cho‘tkasiz motor o‘rnatilgan. U maksimal 500 vatt quvvat ishlab chiqara oladi.

Tezlanish va maksimal tezlik

Motor qurilmaga maksimal 25 km/soat tezlikka chiqish imkonini beradi. Tezlanish, makimal tezlik va qiyalikka ko‘tarilish funksiyalari avvaldan o‘rnatilgan modifikatsiya tizimi orqali yanada oshirilishi mumkin. To‘g‘ri, modifikatsiya akkumulyator quvvatining ko‘proq sarflanishi va bu bilan bir quvvat bilan harakatlanishning maksimal masofasini qisqartirishi mumkin. Biroq aksariyat foydalanuvchilar bu kamayish atigi, taxminan, 10% ekanligi va bu oshirilgan funksionallikka nisbatan anchagina quyi darajada ekanligini ta’kidlaydi.

Maksimal harakatlanish masofasi

Eng yaxshi muhitda minilganda, samokat to‘liq quvvat bilan 30 kilometr masofagacha harakatlana oladi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra esa, foydalanuvchilarning aksariyatida to‘liq quvvat ko‘pincha 21 km gacha yetadi.

Ekspertlar (73 kg vaznli yo‘lovchi bilan makslimal tezlikda) tajriba o‘tkazib ko‘rganlarida esa akkumulyator quvvati 23 km masofa bosib o‘tishga yetgan.

Quvvatlash

Akkumulyator 0% dan 100% ga to‘liq quvvatlanishi uchun 5 soat yetarli. 

O‘QING: Ommalashgan Xiaomi haqida ommalashmagan ma’lumotlar

Minish sifati

M365'ning 8“ pneumatik shinalari bilan samokatda qulay uchish mumkin. Notekis yuzada ham yo‘l yuzidagi o‘rta hajmli chuqurliklarda silkinishlarsiz harakatlana olasiz.

Dizayn va konstruksiya sifati

Umuman olganda, Mi M365 hozirda sotuvda mavjud eng nafis va chiroyli ishlangan samokatkardandir. Ramasi yaxshi payvandlangan chok; sodda boshqaruv; mustahkam, sirg‘anmaydigan haydovchi panelidan iborat. M365 oson yig‘iladi. Dizayn shunday ishlanganki, samokat buklanganda qurilmaning butun og‘irligi buklanuvchi bo‘g‘imga tushishmaydi va unga ortiqcha bosim bo‘lishining oldini oladi.

Qurilmaning o‘zida displey bo‘lmasada, Bluetooth vositasida boshqariluvchi ilova bilan barcha ma’lumotlarni kuzatib borish mumkin. Ostki rama g‘ildirak o‘qidan biroz pastda joylashgani bois ramaning yerdan balandligi <4“ га тенг. Шу сабабдан самокатда учаётганда тошли юзада ҳаракатланишда эътиборли бўлиш керак.

Chiroqlar

Tunda xavfsiz harakatlanish uchun M365'ga ham oldi, ham orqa chiroqlar o‘rnatilgan. Uzoqroq masofani yoritishi uchun old chiroq yuqoriroqqa joylashtirilgan. Kichikroq orqa chiroq esa quyiroqda o‘rnatilgan. Afsuski, har ikkala yoritqich ham yo‘lni maqtarli darajada yoritmaydi. Agar samokatni tez-tez qorung‘u paytda minsangiz, xavfsizlik maqsadida qo‘shimcha chiroqlar o‘rnatishingizni maslahat bergan bo‘lardik. 

Rul

Ishlab chiqaruvchilar rul dizayniga alohida e’tibor berishgan. Ruling o‘ng tomonida bosh barmoq bilan boshqariluvchi burilish tezlatgichi bo‘lsa, chap tomondan esa ham regenerartiv motor tormozini, ham mexanik tormozni nazorat qiluvchi qo‘l tormozi o‘rin olgan. Ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq ham chap tomonni “uy qilgan“. O‘rtada akkumulyator quvvatini ko‘rsatuvchi to‘rtta LED chiroq o‘rnatilgan. Quvvat tugmasi esa chiroqlarni o‘chirib-yoqishga ham xizmat qiladi.

Tezlik, bosib o‘tilgan masofa va samokat haqidagi boshqa muhim ma’lumotlar kompaniya va uchinchi tomonning ilovalari bilan nazorat qilib borilishi mumkin. Ilovani yuklash uchun bu yerga bosing. Smartfoningiz orqali ma’lumotlarni nazorat qilib borish juda ham yaxshi jihat, ammo samokatni minayotganingizda telefon displeyining doimiy ishlab turishi uning quvvatsizlanishiga sabab bo‘ladi. Samokatning o‘ziga spidometr, odometr va akkumulyator quvvati haqida batafsilroq ma’lumot beruvchi sodda displey o‘rnatilgani, bizningcha, maqsadga muvofiqroq bo‘lardi.

Olib yurishga qulayligi

Xiaomi Mi M365 samokati yengil va olib yurishga qulay. Qurilma 12 kg tosh bosadi. Olib yurish osonroq bo‘lishi uchun Xiaomi'dagilar uni anchayin qulay: 109 x 43 x 48 sm hajmda buklana oladigan qilib ishlashgan. Lekin rul buklanmaydi; buklanganda qurilma hajmini yanada qisqartirish mumkin bo‘lar edi. Shunday bo‘lsa ham, samokatni avtobus/metroda olib yurishda, mashinaning orqa kapoti yoki stol ostiga joylashtirishda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi.

Xiaomi Mi M365'ga muqobillar

• Arzonroq muqobil:

M365'ning narxi siz uchun hamyonbop emas, lekin elektrli samokat olmoqchimisiz? Unda Gotrax GXL Commuter haqida o‘ylab ko‘rishingiz mumkin. Bu samokatning bir quvvat bilan maksimal harakatlanish masofasi M365'nikidan kamroq, lekin Gotrax GXL'da ham pneumatik shinalar va disk tormozi mavjud. 

Yuk sig‘imi ko‘proq muqobil:

Xuddi shu narx toifasidagi Swagtron Swagger 5 samokati 150 kg yuk ko‘tara oladi.

Maksimal harakatlanish masofasi ko‘proq muqobil:

Bu narx toifasida maksimal harakatlanish masofasi Mi M365'nikidan ko‘proq bo‘lgan boshqa samokat mavjud emas. Agar bir quvvat bilan ko‘proq masofa yurishni xohlasangiz, shunga mos qiymatda to‘lashingizga to‘g‘ri keladi: masalan, qimmatroq toifa Zero 8 qurilmasi 45 kilometrgacha yura oladi.

Xulosa

9.6балл

Дизайн

Вазн

Букилувчанлик

Нарх

Чидамлилик

Юк сиғими

Панель баландлиги

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 4 195 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

  • Содда дизайн
  • алюминий қоришмадан ишланган конструкция
  • Супер қулай даражада букланиши
  • Ҳам олд дискка
  • ҳам орқа дискка тормоз ўрнатилган
  • 280 ватт/соатли 18650 мА/соат сиғимга эга аккумулятор
  • Аккумулятор вазни ҳам қўшиб ҳисобланганда 12 кг тош босади.

 Kamchiligi

  • Максмимал юк кўтара олиш сиғими 100 кг холос
  • Остки панелнинг ердан баландлиги жуда паст
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.