"Mobil kinoteatr" -- Mi Max 3 taqdim qilindi!

Xiaomi bir fursat avval o‘zining navbatdagi avlod "mobil kinoteatri" -- Xiaomi Mi Max 3 modelini Xitoyda taqdim qildi. Yangi smartfon 18:9 o‘lchamli displeyi, Snapdragon 636 protsessori, 5500 mA soat tok sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan.

Xiaomi Mi Max 3 korpusi metalldan tayyorlangan. Korpus orqasida barmoq izi skaneri o‘rnatilgan.

6.99 dyuymli Xiaomi Mi Max 3 displeyining piksellar sig‘imi Full HD+. Devays 1.8 Ggs chastota intervalida ishlaydigan 8 yadroli chipset boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Undagi tezkor xotira sig‘imi 4 yoki 6 gigabaytli. Shunga muvofiq, doimiy xotira sig‘imi 64 yoki 128 gigabaytli.

Ikki SIM kartali Xiaomi Mi Max 3 Android 8.1 (Oreo) tizimida ishlaydi.

Xiaomi Mi Max 3 modelining kamera imkoniyatlari ham yomon emas -- bosh kamera qo‘sh sensorli. Undagi 12 megapikselli bosh sensor uchun Sony IMX363 tanlangan, 1.4µm piksel o‘lchamli bu sensorga f/1.9 standartli yorug‘lik taqsimlagich tanlangan. Bosh kameradagi yordamchi sensor 5 megapikselli. Bosh kamerada Dual PD focus, LED fotochaqnoq joriy qilingan.

Old kamera 8 megapiksel aniqligida surat oladi hamda bu kamera ham LED fotochaqnoqqa ega bo‘lgan.

Shuningdek, devays kamerasiga xos jihatlar qatorida "sun’iy aql"ni aytish mumkin. Misol uchun, "aqlli kamera" 206 xil manzara va sahnani farqlay oladi va shunga ko‘ra ularni sifatli surat olish bo‘yicha o‘z-o‘zini avtomatik ravishda sozlaydi. Old kamera esa foydalanuvchi qiyofasiga ko‘ra, smartfonni blokirovkadan chiqaradi.

Xiaomi Mi Max 3 modelining aloqa imkoniyatlari ham keng: devays 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11ac (2.4 / 5GHz) MIMO, Bluetooth 5, GPS + GLONASS tarmoqlarida ishlaydi, unga zamonaviy USB Type-C porti o‘rnatilgan.

5500 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator esa Qualcomm Quick Charge 3.0 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi Mi Max 3 modelining texnik jihatlari:

Ekran: 6.9 dyuymli (2160 x 1080 pikselli), Full HD+ sig‘imli, 18:9 nisbatli, IPS matritsali, 2.5D qayrilma himoya va bezak shishasi bilan qoplangan, kontrast nisbati - 1500:1, NTSC makonidagi rang qamrovi - 84%;

Protsessor: 1.8 Ggs chastotali, 8 yadroli Snapdragon 636, ma’lumotlarni qayta ishlashi - 14 nanometrli texnik jarayon, video karta - Adreno 509;

Xotira: 4 Gb operativ (LPDDR4x) hamda 64 Gb doimiy (eMMC 5.1) yoki 6 Gb operativ (LPDDR4x) hamda 128 Gb doimiy (eMMC 5.1);

Operatsion tizim: Android 8.1 (Oreo) tizimining o‘zlashtirilgan talqini;

Ikki SIM-kartali: (nano / nano + microSD);

Bosh kamera: qo‘sh sensorli - 12 Mp bosh sensor (Sony IMX363, 1.4µm piksel o‘lchamli, f/1.9 aperturali, Dual PD fokus tizimi, LED fotochaqnoq) hamda 5 Mp yordamchi sensor;

Old kamera: 8 megapikselli, LED fotochaqnoq, 1.12μm piksel o‘lchamli, f/2.0 aperturali;

Audio tuynuk: 3.5 mm an’anaviy;

O‘lchamlari: 176.15×87.4×7.99 mm; Vazni: 221 gramm;

Aloqa imkoniyatlari: Dual 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11ac (2.4 / 5GHz) MIMO, Bluetooth 5, GPS + GLONASS, USB Type-C;

Akkumulyator: 5500 mA soat, Quick Charge 3.0;

Qo‘shimcha: barmoq izi skaneri, infra-qizil sensor hamda boshqa sensorlar;

Xiaomi Mi Max 3 meteorit-qora (jilodor), tilla rang ham to‘q ko‘k rangli korpuslarda ishlab chiqariladi. Uning boshlang‘ich talqini Xitoyda (4/64 Gb xotira) 252 AQSh dollari, yuqori talqini (6/128 Gb xotira) 296 AQSh dollaridan 20 iyuldan sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!