Xiaomi Mi Metal Pen: sharikli ruchkani ham begonadan olmang!

Xiaomi Mi Metal Pen: sharikli ruchkani ham begonadan olmang!

Tinib-tinchimas Xiaomi kompaniyasi 2016 yilda o‘zining ilk sharikli Mi Pen ruchkasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan edi. Ana endi MiJia ruchkalar turkumida yana bir yangi model taqdim etildi. Dizayn avvalgi ruchkadan farq qilmaydi, faqat bu galgisi metall korpusli. Xiaomi Mi Metal Pen ruchkasi Xitoyda 24.9 yuan, ya’ni $3.6 dollardan sotuvga chiqarildi.

Ruchka kumush va tilla rangdagi korpuslarda ishlab chiqarilmoqda. Korpus uchun foydalanilayotgan asosiy xomashyo — metall sirti elektroliz usulida oksid pardasi bilan qoplangan alyuminiy, ruchka qisqichi bo‘lsa rux qotishmasidan tayyorlangan. Har ikkala metall qismlar yeyilmas va zanglashdan himoyalangan.

Xiaomi ruchkada aylanma mexanizmni joriy qilgan — yuqori qism 180 gradusga ko‘tarilgandagina ruchkaning uchi ravon harakatlanib, yoza boshlaydi. Ruchka sterjeni taniqli shveysariyalik kompaniya — PREMEC tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Xiaomi Mi Metal Pen korpusi diametri 9.5 mm.

Bugungi kunda Xiaomi Mi Pen’ning original, ya’ni plastik korpusli modeli $1.9 dollardan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!