Xiaomi Mi Mix 2s’ning yangi surati chiqdi – dizayni umuman o‘zgacha!

  •   DiMaX
  •  2391
  •  14.11.2017 17:24

Xiaomi Mi Mix 2s’ning yangi surati chiqdi – dizayni umuman o‘zgacha!

Bugun internetda «xitoycha Apple»ning yangi surati tarqaldi. Unda shu paytgacha birorta smartfonda uchramagan dizaynni ko‘rish mumkin, deb yozadi TechnoCodex sayti.

Esingizda bo‘lsa, yaqindagina internetda Xiaomi Mi Mix 2s deya ta’riflab, xuddi iPhone X’dagi singari, ekranining yuqorisida kamera va boshqa datchiklar uchun «o‘yiq» joy qoldirilgan smartfon suratlari tarqatilgan edi. Lekin keyinchalik aniqlanishicha, bular – ikki oy avval taqdim etilgan Xiaomi Mi Mix 2 flagmani rasmlari bo‘lib chiqqan. Faqat unga Android-smartfon ekranini iPhone X displeyi dizayniga o‘xshatuvchi XOutOf10 ilovasi o‘rnatilgan ekan.

O‘QING: Bizni aldashibdi: iPhone X uslubidagi Xiaomi Mi Mix 2s suratlari feyk bo‘lib chiqdi!

Endi esa, manbalar Mi Mix 2s modelining yangi suratini tarqatishgan. Umid qilamizki, bunisi endi haqiqatan ham shu smartfon bo‘lib chiqadi. 

Ko‘rib turganingizdek, mazkur devaysda old kamera original tarzda joylashtirilgan. Ekranning pastki romi esa, taxminan yon romlar kabi qalinlikda.

Balki bu ham shunchaki biror dizaynerning fantaziyasi mahsuli bo‘lib chiqar. Lekin nima bo‘lganda ham, agar Mi Mix 2s rostdan mana shu ko‘rinishda bo‘lsa, Xiaomi dizayn borasida katta qadam tashlagan, deyish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!