Xiaomi Mi Mix 3 chindan ham Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  855
  •  23.10.2018 12:13

Xiaomi Mi Mix 3 chindan ham Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli bo‘ladi!

«Xitoycha Apple» eng kutilgan Mi Mix 3 flagmanini 25 oktyabrda taqdim etishi ma’lum. Ushbu model haqida bir-biridan qiziq ma’lumotlar tarqalgan, hatto rasmiy namoyishidan avval uning savdosi ham boshlangan.

O‘QING: Mi Mix 3 o‘ta qimmat narxda sotuvga chiqdi, tag‘in Xiaomi uning dizayni borasida aldagan ekan! (+video)

Yangi flagmanning bir qator yangicha texnologiyalarni, innovatsion yechimlarni o‘zida jamlaganidan xabarimiz bor. Xiaomi kompaniyasi uning «jonli» video va 5G tarmog‘ida ishlayotgan suratlarini hamda rasmiy reklamasini e’lon qilganidan xabaringiz bor. Ammo Mi Mix 3 «elektron yuragi» qaysi modeldagi protsessor ekanligi masalasi hanuz ochiq qolmoqda.

Weibo tarmog‘ida e’lon qilingan yangi rasmda esa bu savolga oydinlik kiritgan. Fotosurat elektronika mahsulotlari do‘koni oldida olingan – unda magazin «menyu»si aks etgan. Tabiiyki, unda ushbu haftaning asosiy «taom»i – Mi Mix 3 flagmanining xususiyatlari «xo‘randa»lar e’tiboriga havola etilgan.

Ko‘rib turganingizdek, taxtada ushbu «taom»ning «tarkib»i yozilgan va uning eng qiziqarli «masallig‘i» – Qualcomm kompaniyasining eng zo‘r, yangi avlod Snapdragon 855 protsessoridir.

O‘QING: Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli ilk smartfon Xiaomi Mi Mix 3 bo‘lib, u 5G tarmog‘ida ishlashini aytishmoqda!

Shu bilan birga, «menyu»da yangi «taom»ning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlashini ham ta’kidlab o‘tishgan. Avvalroq Qualcomm kompaniyasi birinchilar qatorida 5G-smartfon ishlab chiqaruvchilar orasida Xiaomi ham mavjudligini tasdiqlagan edi. Demak, 25 oktyabrda taqdim etilayotgan Xiaomi Mi Mix 3 bu borada birinchi gadjet bo‘lishi mumkin.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa Xiaomi’ning bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu jumladan o‘yinlarga moslashtirilgan Black Shark geymerofoni va Pocophone F1 arzon flagmani ham rasmiy kafolat bilan sotilmoqda. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!