Xiaomi Mi Mix 4 haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Xiaomi Mi Mix 4 haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

O‘tgan hafta Mi Mix 4'ning kamerasi, xotira sig‘imidan tortib dasturiy ta’minotigacha ko‘pgina ma’lumot oshkor bo‘lgandi. Biroq ushbu xabardan keyin qurilmaning boshqa jihatlariga nisbatan ham qiziqish oshgan.

Kecha Weibo'da Mi Mix 4 haqida yangi post paydo bo‘ldi. Unda yozilishicha, smartfon 90Hz chastotali ekran hamda 40 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘ladi. Oldingi avlod Mi Mix qurilmalari dizaynini saqlab qolishi uchun gadjetga korpusdan sizib chiquvchi old kamera moduli ham o‘rnatiladi.

Vaholanki, yuqorida keltirib o‘tilgan xabarga butunlay ishonishni maslahat bermagan ham bo‘lardik. Sababi ushbu ma’lumotlarni tarqatgan manbaga ishonishimiz uchun u hali yetarlicha uzoq muddat o‘zining qanchalik ishonchli ekanligini isbotlab ulgurganicha yo‘q. Lekin ikkinchi tomondan olib qaraganda, eng so‘nggi mobil tendensiyalarni inobatga olib aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan xususiyatlar o‘ta futurustik ham emas.

O‘QING: Realme tez orada 90 gerts ekranli smartfon chiqaradi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!