Xiaomi Mi Mix 4 ilk tizeri, taqdimot kuni va «jonli» surat: yashirin kamera ekranning qoq o‘rtasida!

  •   DiMaX
  •  1014
  •  04.08.2021 10:02

Xiaomi Mi Mix 4 ilk tizeri, taqdimot kuni va «jonli» surat: yashirin kamera ekranning qoq o‘rtasida!

Ko‘pdan beri kutilayotgan Mi Mix 4 smartfonining bir nechta «fishka»sini fosh etuvchi «jonli» rasmni e’lon qilgan edik. Xiaomi korporatsiyasi ushbu flagmanining taqdimot kunini rasman aytdi.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4 narxi va ekrani haqida ilk ma’lumot chiqdi

«Xitoycha Apple» mazkur smartfonini 10 avgustda namoyish qilmoqchi. Kompaniya Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan birinchi rasmiy tizer shundan dalolat bermoqda:

Afsuski, posterda Xiaomi Mi Mix 4 taqdimot kunidan boshqa hech narsa ma’lum qilinmagan. Ammo insayderlar uning diagonaliga 6,67 dyuymlik, Full HD formatidagi OLED displey bilan ta’minlanishini aytishmoqda.

O‘QING: Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

Bundan tashqari, internetda Xiaomi Mi Mix 4 ishlab chiqarish jarayonidan olingan insayderlik surati ham tarqalgan. Unga ko‘ra, devaysning displeyida chindan ham old kamera uchun kemtik yoki tirqish yo‘q. Lekin unda naq uchta sensorni ko‘rishimiz mumkin va qizig‘i – ular ekranning uchta joyiga o‘rnatilgan!

Displeyning yuqori qismidagi datchik – atrofning yoritilganligini aniqlashga xizmat qilishini, pastdagisi esa daktiloskopga mo‘ljallanganligini inobatga olsak, ekranning qoq markazidagi modul selfi uchun ajratilganini payqash qiyin emas.

Ekran ortiga yashirilganidan tashqari, old kameraning bunaqa joylashuvi shu paytgacha birorta smartfonda uchramagan. Faqat Lenovo kompaniyasining Legion Duel geymerofoni barcha «ko‘zlari belida» joylashgan yagona smartfon ekanligi bilan ajralib turadi.

O‘QING: Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!