Xiaomi Mi Mix 4 narxi va ekrani haqida ilk ma’lumot chiqdi

  •   DiMaX
  •  3605
  •  18.06.2021 13:48

Xiaomi Mi Mix 4 narxi va ekrani haqida ilk ma’lumot chiqdi

«Xitoycha Apple» eng ko‘p kutilgan Xiaomi Mi Mix 4 smartfonini yaqindagina 3C regulyatorida sertifikatlagan edi. Ushbu gadjet qadoqdanoq MIUI 13 grafik qobig‘i bilan ishlaydigan ilk smartfon bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

Xitoylik insayderlar Xiaomi Mi Mix 4 smartfonining narxini ham aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan. Aytishlaricha, Xitoyda uni 930 AQSh dollariga teng narxda sotishadi. Agarda global bozorga ham chiqadigan bo‘lsa, bu flagman yanada qimmatroq bo‘lishi turgan gap.

Shu bilan birga, to‘rtinchi avlod Mi Mix smartfoni ekrani bo‘yicha Xiaomi avvalroq taqdim etgan superflagman – Xiaomi Mi 11 Ultra modelidan qolishadigan bo‘ladi, deyishmoqda. Ya’ni, ekranosti kamera qo‘llanayotgani tufayli Xiaomi Mi Mix 4 telefoni 2K formatida tasvir uzata olmaydi. Biroq bu smartfon uchun tasvir aniqligi 1080r’dan yuqori bo‘lgan maxsus displey tayyorlanmoqda.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!