Xiaomi Mi MIX 4 yangi suratda: selfi uchun alohida ekran!

  •   DiMaX
  •  893
  •  03.07.2021 14:29

Xiaomi Mi MIX 4 yangi suratda: selfi uchun alohida ekran!

«Xitoycha Apple» eng ko‘p kutilgan Xiaomi Mi Mix 4 smartfonini yaqindagina 3C regulyatorida sertifikatlagan edi. Ushbu gadjet qadoqdanoq MIUI 13 grafik qobig‘i bilan ishlaydigan ilk smartfon bo‘lishi aytilmoqda. Yaqinda esa...

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4 narxi va ekrani haqida ilk ma’lumot chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda noodatiy dizaynga ega Mi MIX smartfonining ilk suratlari paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Daryo nashri. E’lon qilingan renderlardan ko‘rish mumkinki, smartfonning old panelida teshik bo‘lmaydi. Shu orqali qurilma ekranosti frontal kameraga ega bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

Orqa panel dizayniga kelinadigan bo‘lsa, Mi MIX 4 ko‘plab tanish elementlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Smartfon MIX seriyasidagi o‘zidan oldingi telefonlar kabi yumaloqlashgan keramik korpusga ega bo‘lgan. Asosiy kamera bloki yonida Xiaomi Mi 11 Ultra’ning ekrani kabi ikkilamchi ekran joylashgan. Bu MIX 4’da qo‘shimcha ekrandan foydalanilishi mumkin bo‘lgan ilk taxmin hisoblanadi.

Xiaomi Mi 11 Ultra’da qo‘shimcha ekran kamera uchun vizir (suratga olish kameralari uchun qo‘shimcha qurilma) hisoblanadi va aftidan, u asosiy kamera yordamida selfiga tushish imkonini beradi. Bundan tashqari, u vaqt va sanani ko‘rsatishi yoki qo‘ng‘iroqlar va yangi SMS’larni ko‘rsatishi mumkin.

Xiaomi Mi MIX 4’ga yangilanish chastotasi 120 gersdan kichik bo‘lmagan 6,67 dyuymli AMOLED-ekran o‘rnatilishi kutilmoqda. Smartfon kuchli Snapdragon 888 Plus protsessorida ishlaydi, akkumulyator sig‘imi 4500 mA/soat bo‘lib, 120 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi model avgust oyida taqdim etilishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)