Xiaomi Mi Note 10 va uning Pro talqini namoyish qilindi!

Xiaomi Mi Note 10 va uning Pro talqini namoyish qilindi!

Kutilganidek, bugun Xiaomi kompaniyasi Xiaomi CC9 Pro`ning xalqaro bozorga mo‘ljallangan talqinini namoyish etdi. Kecha Xiaomi CC9 Pro smartfonining taqdimoti bo‘lib o‘tgandi. Bugun esa uning global talqini – Mi Note 10 namoyish qilindi. Shuningdek, kompaniya yanada mukammallashtirilgan Mi Note 10 Pro modelini ham tanishtirib o‘tdi.

Представлены 108-мегапиксельные пентакамерные смартфоны Xiaomi Mi Note 10 и Mi Note 10 Pro

Umuman olganda,  ikki yangi model bir-biridan unchalik farq qilmaydi. Ularning birida yettita plastik linza(7P) bo‘lsa, ikkinchisida esa shunday linzalar soni bu bittaga ko‘p(8P).

Представлены 108-мегапиксельные пентакамерные смартфоны Xiaomi Mi Note 10 и Mi Note 10 Pro

S5KHMX nomli F/1,69 diafragmali 108 MPlik asosiy, portret rejimi uchun 12 MPlik, 2 MPlik makro va 20 MRlik ultrakengburchakli datchiklar, shuningdek, 10 karra gibrid zumga ega 5 MPlik telefotomodul birlashib pentakamerani tashkil qilgan. Old kamera aniqligi 32 MP.

Представлены 108-мегапиксельные пентакамерные смартфоны Xiaomi Mi Note 10 и Mi Note 10 Pro

Smartfon 6,47 dyumli OLED ekranli chekkalari qayrilgan giperbolik displeyga ega bo‘lgan. Barmoq izi ham displey ostidan joy olgan.

Представлены 108-мегапиксельные пентакамерные смартфоны Xiaomi Mi Note 10 и Mi Note 10 Pro

Akkumulyator sig‘imi 5260 mA/soatni(!)  tashkil qiladi, shuningdek 30 Vt quvvat bilan tezkor zaryadlanadi.

Представлены 108-мегапиксельные пентакамерные смартфоны Xiaomi Mi Note 10 и Mi Note 10 Pro

Smartfonlar asosi sifatida yakkakristalli Snapdragon 730G protsessori o‘rnatilgan. Qurilmalar shuningdek NFC, 3,5 mmlik audiotirqish va IK-port bilan jamlangan. Kamerafonga Android 9 Pie asnosida ishlangan MIUI 11 grafik qobig‘i o‘rnatilgan.

Представлены 108-мегапиксельные пентакамерные смартфоны Xiaomi Mi Note 10 и Mi Note 10 Pro

Представлены 108-мегапиксельные пентакамерные смартфоны Xiaomi Mi Note 10 и Mi Note 10 Pro

Xiaomi Mi Note 10 modeli 15 noyabr sanasidan boshlab Ispaniyada 6 GB tezkor  va 128 GB doimiy xotirali talqini 549 yevrodan sotuvga chiqishi aytilgan.  8/128 GB xotirali Xiaomi Mi Note 10 Pro esa 649 dollardan sotilishi belgilangan.

O‘QING: Redmi Note 8T namoyish qilindi – uning oddiy Redmi Note 8’dan farqlari qanday?

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.