Xiaomi Mi Note 2: innovatsiya doimo urf doirasida

Xiaomi Mi Note 2: innovatsiya doimo urf doirasida

So‘nggi bir necha hafta mobayidan xitoylik ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi Mi Note 2 nomli yangi fabletini namoyish qilishi to‘g‘risidagi turli xabarlar mobil qurilma ishtiyoqmandlarining diqqatini tortmoqda.

Har kuni bu fablet haqida yangi xabar tarqalmoqda. Xiaomi esa bir necha kun avval fablet namoyishi bilan bog‘liq “ishora”ni e’lon qildi. Unga ko‘ra Xiaomi Mi Note 2 gadjeti 25 iyul kuni rasman namoyish etiladi.

Devays 5,7 dyuymli displey, 6 gigabaytli  operativ xotira hamda Snapdragon 821 protsessoriga ega bo‘ladi. Ya’ni, so‘nggi ilg‘or texnologiya hisoblangan “Snapdragon 821” bilan ta’minlangan ilk xitoylik smartfon bo‘ladi. Samsung Galaxy Note7’da ham xuddi shu protsessordan foydalanilishi ma’lum qilinmoqda.

Smartfon 2015 yilda taqdim etilgan Xiaomi Mi Note’ning “merosxo‘ri” bo‘lib,  AMOLED-displey Full HD (1920 x 1080 piksel sig‘imli) bo‘ladi. Uning 12 megapikselli bosh kamerasi Sony IMX260 yoki Samsung S5K2L1 sensoriga ega bo‘ladi. Ya’ni uning suratga olish imkoniyati Galaxy S7’niki kabi f/2.0 diafragma va optik barqarorlashtirish tizimi bilan ta’minlanadi. Fablet akkumulyatorining sig‘imi 3700 mA soat bo‘lishi kutilmoqda.

Mi Note 2’da 64 yoki 128 GB ma’lumot sig‘dira oladigan doimiy ichki xotiradan foydalaniladi. Shu bilan birga, qurilma barmoq izlari skaneriga ega bo‘ladi.

Avval ma’lum qilingan xabarlarga ko‘ra, kompaniya qurilmani yil so‘nggida e’lon qilishi kerak edi. Bir muddat avval esa Xioami kompaniyasining asoschilaridan biri Lin Bin ham kompaniya yangi fabletni iyulda taqdim etishini xabar qilgan edi.

Mi Note 2 bozorni sentyabrda e’lon qilinishi kutilayotgan raqib qurilmalardan oldin “ishg‘ol” qilishi kompaniya raqobatga jiddiy qarayotganini ko‘rsatmoqda.

Mi Note 2’ning takomillashtirilgan talqini 600 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqarishni reja qilgan. Uning takomillashtirilgan talqini ikki bosh kamerali, edge-displey, ya’ni qayrilma ekranli bo‘ladi. Shuningdek, uning Mi Note 2’ning oddiy talqini 375 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Kompaniya tomonidan tarqatilgan suratda esa «2>5» raqamlari mavjud. Ko‘pchilik shunga ko‘ra, fabletning 25 iyulda namoyish etilishini taxmin qilmoqda.

Shunday ekan, Xiaomi yaqin kunlarda yangi mobil aloqa vositasi bilan foydalanuvchilarni mamnun qilsa ajab emas.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.