Xiaomi Mi NoteBook Pro va Mi NoteBook Ultra flagman noutbuklari taqdim etildi

Xiaomi Mi NoteBook Pro va Mi NoteBook Ultra flagman noutbuklari taqdim etildi

Xiaomi kompaniyasi bugun yangi Xiaomi Mi NoteBook Pro va Xiaomi Mi NoteBook Ultra noutbuklarini e’lon qildi. Xiaomi India kompaniyasining boshqaruvchi direktori va global vitse-prezidenti Manu Kumar Jain ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ularning xususiyatlari va narxi haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

O‘QING: Xiaomi 15 sentyabrda taqdimot namoyishi o‘tkazadi

Xiaomi Mi NoteBook Ultra alyuminiy korpusga ega. Shuningdek, 15,6 dyuymli, yangilanish chastotasi 90Hz bo‘lgan 3200x2000 pikselli IPS displeyi qurilmaga o‘rnatilgan. Noutbuk Iris Xe grafikasi, 8GB yoki 16GB DDR4 3200 MGts tezkor xotira va 512GB NVMe doimiy xotiraga ega bo‘lgan 11-avlod Intel Tiger Lake H seriyali prosessor (Core i5-11300H yoki Core i7-11370H) bilan jihozlangan. Noutbuk 70 vatt/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lib, uni USB-C orqali 65 vatt tezlikda zaryadlash mumkin.

Mi NoteBook Pro ham alyuminiy korpusga ega, lekin 2560x1600 pikselli, 60Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 14 dyuymli IPS displeyga ega. Noutbuk Iris Xe grafikasi, 8GB yoki 16GB DDR4 operativ xotira va 512GB NVMe doimiy xotiraga ega bo‘lgan 11-avlod Intel Tiger Lake prosessori bilan jihozlangan. Bu noutbukda 70 vatt/soatlik akkumulyator bor, USB-C orqali 65 vattda zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ikkala yangi Xiaomi noutbuklarida bir necha turdagi portlardan foydalanish mumkin, jumladan, Thunderbolt 4, quvvat uzatuvchi USB-C, USB 3.2 Gen 1 Type-A, USB 2.0 Type-A, HDMI 1.4 va 3,5 mm audio jek portlari ikkala noutbukda mavjud. Simsiz bog‘lanishda noutbuklar Wi-Fi 6 va Bluetooth 5.1 ni taklif qiladi. Ikkala noutbukda 720p rezolyutsiyadagi veb-kamera, 2W stereo dinamik, DTS qo‘llab-quvvatlash imkoniyati, barmoq izi skaneri va mikrofon mavjud.

Mi NoteBook Ultra va Mi NoteBook Pro 83 ta tugmachali, uch bosqichli orqa yoritgichli klaviaturaga ega, sensorli paneli Windows Precision drayverlariga ega. Dasturiy ta’minot nuqtai nazaridan, noutbuklar Windows 10 Home operatsion tizimida ishlaydi. Ular Windows 11 tizimiga bepul o‘tish huquqiga ega.

Xiaomi Mi NoteBook Ultra narxi:
Core i7 + 16GB RAM: 1040 dollar
Core i5 + 8GB RAM: 800 dollar
Core i5 + 16GB RAM: 860 dollar

Xiaomi Mi NoteBook Pro narxi:
Core i7 + 16GB RAM: 980 dollar
Core i5 + 8GB RAM: 770 dollar
Core i5 + 16GB RAM: 800 dollar

Noutbuklar Hindistonda 31 avgustdan sotuvga chiqariladi.

O‘QING: Xiaomi ikkinchi chorakda kutilganidan ko‘p daromad va foyda qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!