Xiaomi Mi Pay nomli mobil to‘lov xizmatini ishga tushirdi

Xiaomi Mi Pay nomli mobil to‘lov xizmatini ishga tushirdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi kecha Mi Pay deb nomlangan kontaktsiz mobil to‘lov xizmatini ishga tushirdi. Xizmat  Android Pay, Apple Pay, Samsung Pay kabi NFC texnologiyasi yordamida ishlaydi.

Hozircha ushbu mobil to‘lov xizmatidan Mi 5 flagmanida foydalanish mumkin. Servis bir qator Xitoydagi banklardan to‘lovni amalga oshirish imkoyatini beradi. Kompaniya keyingi oydan boshlab tizimga Xitoyning Bank of China, Industrial, Commercial Bank, China Everbright Bank, Beijing Bank kabi banklar qo‘shilishini tasdiqladi.

Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, Xiaomi’ning taqdimoti kutilayotgan Redmi 4 va Mi Note 2 modellarida ham Mi Pay xizmatining qo‘llab-quvvatlanishi ancha haqiqatga yaqin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!