Xiaomi Mi TV televizorlarining yangi lineykasini namoyish etdi

Xiaomi Mi TV televizorlarining yangi lineykasini namoyish etdi

 “Xitoycha Apple” Mi TV televizorlarining yangi seriyasini taqdim etdi. Kompaniya modellari ro‘yxatini 32 dan 65 dyumgacha bo‘lgan yana to‘rtta televizor bilan boyitdi. HDR10 standartidagi yuqori aniqlikdagi displeyi va keng multimedia imkoniyatlariga ega bo‘lgan proshivkasi yangi lineykadagi katta versiyalarning o‘ziga xosligi bo‘lgan.

Minimal hoshiyali yangi qurilmalar masofaviy boshqarishga mo‘ljallangan Bluetooth-modulli pultga  va ovozli buyruqlarni aniqlash funksiyasi ega bo‘lgan. Xiaomi Mi TV’ning “yuragi” sifatida har xil kombinatsiyalarda joylashgan operativ va ichki xotiralardan iborat to‘rt yaderli protsessor o‘rin egallagan. 32-dyumlik HD aniqlikdagi model 1/4 gb konfiguratsiyaga, 43-dyumlik Full HD aniqligidagi model esa 1 gb operativ va 8 gb ichki xotiraga ega bo‘lgan. 55 va 65 dyumlik 4K displeyli televizorlarga esa 2 gb operativ va 8 gb ichki xotiraga o‘rnatilgan. Qolaversa, katta modellarda ikki diapazonli Wi-Fi (2,4 GGs + 5 GGs) modul va Dolby Audio va DTS HD texnologiyalarini qo‘llab quvvatlovchi ovoz tizimi mavjud.

Yangi lineykadagi televizorlar firmaga tegishli bo‘lgan Android bazasidagi PatchWall proshivkasida ishlaydi. PatchWall foydalanuvchi interfeysi qurilma egasining tanlovlariga asoslanib  filmlar, seriallar, musiqalar izlash bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Barcha namoyish qilingan modellarni Xitoyda hozirdanoq buyurtma qilish mumkin. Xiaomi Mi TV’ning 32 dyumligi 164 dollar, 43 dyumligi 298 dollar, 55 va 65 matritsalik televizorlar esa mos ravishda 447 va 596 dollarga baholangan.

O‘QING: Xiaomi Mi TV 4: narxi chaqmasmikan?