Xiaomi Mi6: kutilganidan arzon narx va haqiqiy fotosuratlar

Xiaomi Mi6: kutilganidan arzon narx va haqiqiy fotosuratlar

19 aprelda taqdimoti kutilayotgan Xiaomi Mi6 haqidagi yangilik va ma’lumotlar tinimsiz e’lon qilinmoqda. Flagman kompaniyaga omad olib kelgan Xiaomi Mi5 kabi, shisha panelli 5.1 dyuymli va keramikadan tayyorlangan 5.7 dyuymli, Full HD sig‘imli displey talqinlarida ishlab chiqariladi. Xiaomi Mi6 aks etgan so‘nggi norasmiy suratlar ham buni tasdiqlamoqda. Hao ikkala talqin ham Galaxy S8’da o‘rnatilgan Snapdragon 835 protsessoriga ega bo‘ladi.

Yassi burchakli chekkalrga ega to‘g‘ri burchakli monoblokning old panelida bosh tugma, tom qismida esa ma’lumot almashish va smartfonga pult vazifasini bajarishga yordam beruvchi infraqizil nurli port, korpusning quyi qismida USB Type-C universal porti mavjud. Xiaomi Mi6’ning 3,5 mm.li an’anaviy audio konnektordan mahrum qilingani aytilmoqda.

Narx-navo masalasida yangi flagmanning kutilganidan arzon bo‘lishi ko‘pchilikning diqqatini tortdi.

Xiaomi Mi6

4 Gb tezkor xotira + 64 GB doimiy xotira talqini — $320
4 Gb tezkor xotira + 128 Gb doimiy xotira talqin — $380
6 Gb tezkor xotira + 128 Gb — ma’lum emas.

Xiaomi Mi6 Plus

6 Gb tezkor xotira + 64 Gb doimiy xotira talqin — $395
6 Gb tezkor xotira + 128 Gb doimiy xotira talqin — $450
6 Gb tezkor xotira + 256 Gb doimiy xotira talqin — $540

Bir oz avval Xiaomi yangi flagmanida Sony’ning 19 megapikselli IMX400 sensoridan foydalanishi aytilgan edi. Ammo, yaponiyalik Sony jahonning eng kuchli mobil kamerasi deb aytilayotgan va Sony smartfonlarining ko‘proq sotilishiga xizmat qilishi kutilayotgan bu sensorni xitoylik raqibiga sotishi amri mahol. Lekin, Xiaomi Mi6’ning sifatli surat olishda jahonning peshqadam kamerafonlari bilan raqobat qila olishi ma’lum qilingan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!