Xiaomi Mi6’ning selfi-kamerasi iPhone 7 Plus’ga “tashab qolsa-ya”?!

Xiaomi Mi6’ning selfi-kamerasi iPhone 7 Plus’ga “tashab qolsa-ya”?!

Xiaomi kompaniyasi Mi6 flagmanini taqdim qilgach, uni raqiblari, jumladan o‘zidan 2-3 barobar qimmat flagmanlar bilan har taraflama solishtirish ishlari boshlandi. Mobil aloqa vositasining kuchli jihatlari qatorida orqa paneldan o‘rin olgan 2 ta ob’yektivli bosh kamerani keltirish mumkin. U imkoniyatlari va ilg‘orligiga ko‘ra, iPhone 7 Plus’ning qo‘sh sensorli kamerasini eslatadi.

iPhone 7 Plus to‘g‘risida batafsil o‘qingiPhone 7 Plus: Kuchli. Ishonchli. Qimmatbaho.

Xiaomi Mi6 to‘g‘risida batafsil o‘qing: Kuchli protsessor va kamerali Xiaomi Mi 6 taqdim qilindi!

Biroq, biz quyida uning selfi-kamerasi, ya’ni old kameraning imkoniyatlari aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz. Uning imkoniyatlariga xolis baho berilishi uchun raqib sifatida jahonning eng yaxshi “selfikash”laridan biri bo‘lgan iPhone 7 Plus tanlangan.

Mi6’ning 8 megapikselli old kamerasining ilovasida tasvirni go‘zallashtirib, nafislashtirib oladigan “Beautify” (go‘zallashtirish) va tabiiy rang-tusga zeb beruvchi “Natural” kabi funksiyalar mavjud. Shuningdek, bu kamera “Portret” janrida ham ijod qiladi. Ayniqsa, “Beautify” rejimi selfilarni yanada jozibador qilib muhrlaydi.

7 Plus esa 7 megapikselli old kameraga ega. Bu kamera HD videolar yozadi. Unda rang-tusni yaxshilaydigan funksiya mavjud.

Ushbu suratlar Xitoyning mobil texnologiyalarga ixtisoslashgan mikroblogidan olingan. Ularda ko‘rinib turganidek, Mi6 olgan selfilar Apple’ning iPhone 7 Plus’nikiga qaraganda yorqin va rangdor.

Yuqoridagi suratda esa bosh kameralar kuch sinashib, portret janrida ijod qilishgan. Ayniqsa, portret janridagi suratda kameralar imkoniyati yaqqol ko‘zga ko‘ringan. Xususan, Mi6 olgan suratning qa’ridagi detallar ham, misol uchun, yuqoridagi suratni olsak, daraxt xitoylik smartfon kamerasi olgan suratda nisbatan arqinroq aks etgan.

Xiaomi Mi6 Xitoyda $360 dollardan boshlab sotilmoqda.

Sizda qulay narxlarda Xiaomi smartfonlarini xarid qilish yoki iPhone xarid qilish istagi bo‘lsa: Telegram’dagi @ghost_stranger profili yoki +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bizning menejerimizga murojaat qilishingiz mumkin.