Xiaomi MiPad 3 plansheti 8 GB operativ xotira va barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi
Xiaomi kompaniyasi MiPad 3 planshetini taqdmotga tayyorlamoqda. Seriyadagi yangi planshet avvalgi modellar singari Android platformasida emas, balki Windows 10 dasturida ishlaydi, deb yozmoqda Smartphone.ua sayti.
Xiaomi MiPad 3 planshetiga 7,9 dyuymli aniqligi 2048x1536 piksel bo‘lgan displey, USB Type-C porti, barmoq izi skaneri, 16 Mpli asosiy va 8 MPli old kamera o‘rnatiladi.
Qurilma yettinchi avloddagi Intel Core M3-7Y30 protsessorida faoliyat ko‘rsatishi ma’lum qilingan. Model 8 GB operativ xotira va modifikatsiya versiyasiga qarab 128 GB yoki 256 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, yechiladigan klaviatura ham ba’zi versiyalarda ko‘zda tutilishi mumkin. Akkumulyatorining sig‘imi – 8290 mA/soat.
Shu bilan birga, Xiaomi MiPad 3 to‘liq metall korpus bilan o‘ralishi aytilmoqda.
Narxi 128 GBli versiya uchun 290 dollarni, 256 GBli versiya uchun esa 330 dollarni tashkil qiladi. Planshet rasman 30 dekabrda namoyish etiladi.