Xiaomi misli ko‘rilmagan selfi kamera dizaynini yaratdi

Xiaomi misli ko‘rilmagan selfi kamera dizaynini yaratdi

Old panelning to‘liqligicha ekran bilan qoplanishi oxirgi paytlarda anchayin ommalashmoqda. Biroq bunday displey yechimi faqatgina yuqori va o‘rta toifa smartfonlarida joriy qilinayotgani sir emas. Biroq quyi toifa devayslari-chi? Eng so‘nngi patentiga qaraganda, masalaning bu jihatiga Xiaomi e’tibor qaratgan ko‘rinadi.Patent listingidan ma’lum bo‘lishicha, smartfonning qo‘shaloq old kamerasi panelning har ikki burchagiga joylanadi. Bunday dizaynli kamera tiriqshi hozirgi kameralarnikidan kichikroq bo‘lishini tasvirlardan ko‘rishimiz mumkin.Avvaliga bu dizayn biroz g‘alati tuyulishi mumkin, lekin qo‘shlinzali selfi kamera moduli ommalashsa, Xiaomi'ning yechimi asosli ekanligi o‘z isbotini topadi.

O‘QING: Xiaomi 120Hz'li displey va 5x telefoto kameraga ega smartfon ustida ishlamoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.